Original paper
PEDAGOGIK MADANIYATDA PEDAGOGIK IJODKORLIK MASALASI
1O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
KIRISH
ushbu maqolada Pedagogik madaniyat tushunchasi, pedagogik madaniyat va uning zamonaviy muammolari, pedagogik madaniyat shakllanishi, mazmuni va mohiyati xamda shaxs tarbiyasi va madaniyatida pedagogik ijodkorlik, uning tutgan o‘rni, pedagogik madaniyatning ilmiy -nazariy va metodologik asoslari yoritilgan.
MAQSAD
mazkur maqolaning asosiy maqsadi pedagogik madaniyat va pedagogik ijodkorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qilish, pedagogik ijodkorlikning ta’lim jarayonidagi ahamiyatini aniqlash hamda zamonaviy ta’lim tizimida pedagogik madaniyatni rivojlantirishning samarali usullarini aniqlashdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR
tadqiqot davomida quyidagi materiallar va metodlardan foydalanildi: nazariy tahlil – pedagogik madaniyat va ijodkorlik bo‘yicha ilmiy adabiyotlar o‘rganildi; komparativ tahlil – pedagogik madaniyat shakllanishi va rivojlanishi turli ta’lim tizimlarida solishtirildi; empirik tadqiqot – o‘qituvchilarning pedagogik ijodkorlik darajasini aniqlash uchun tajriba va kuzatish usullari qo‘llanildi; sotsiologik tadqiqot – pedagogik madaniyatning ta’lim jarayoniga ta’sirini aniqlash uchun o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazildi; innovatsion pedagogik metodlar – zamonaviy pedagogik yondashuvlar va texnologiyalar o‘rganildi va tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki: Pedagogik madaniyatning shakllanishida pedagogik ijodkorlik muhim omil hisoblanadi. O‘qituvchilarning ijodkorligi ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi.
Pedagogik madaniyat faqat nazariy bilimlar yig‘indisi emas, balki amaliy ko‘nikmalar tizimi hamdir. Bu o‘qituvchining o‘z kasbiga bo‘lgan yondashuvi, metodlari va innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mahoratida namoyon bo‘ladi. Pedagogik ijodkorlik o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘z ustida ishlovchi, yangiliklarni tatbiq etuvchi pedagoglar o‘quvchilarga yanada samarali ta’lim bera oladilar.
Zamonaviy ta’lim tizimida pedagogik madaniyatning rivojlanishi innovatsion metodlarni joriy etish bilan bog‘liq. Shu sababli, o‘qituvchilar doimiy ravishda yangi pedagogik yondashuvlarni o‘rganishlari va tatbiq etishlari kerak. Pedagogik ijodkorlik ta’lim jarayonining motivatsion aspektlarini oshiradi. O‘quvchilarga individual yondashuv, ta’lim jarayonining interaktiv va kreativ shakllaridan foydalanish natijasida ta’lim samaradorligi ortadi.
XULOSA
pedagogik madaniyat va pedagogik ijodkorlik zamonaviy ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Pedagogik ijodkorlik o‘qituvchi faoliyatining samaradorligini oshirish, ta’lim jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish hamda o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishga xizmat qiladi. Shu sababli, ta’lim muassasalarida pedagogik madaniyatni shakllantirish va pedagogik ijodkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Kalit so'zlar: pedagogik madaniyat, pedagogik tarbiya, pedagogik ijodkorlik, shaxs tarbiyasi, pedagogik mahorat.
Iqtibos uchun: Nishonboeva K.V. Pedagogik madaniyatda pedagogik ijodkorlik
masalasi. // Inter education & global study. 2025. №3 B.538–547.
ВОПРОС ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ТВОРЧЕСТВА В ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ
КУЛЬТУРЕ
1Ташкентский государственный институт искусств и культуры, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
в данной статье рассматриваются понятие педагогической культуры, ее современные проблемы, формирование, содержание и сущность. Также освещаются вопросы роли педагогического творчества в воспитании личности и культуре, а также научно-теоретические и методологические основы педагогической культуры.
ЦЕЛЬ
основной целью данной статьи является анализ взаимосвязи между педагогической культурой и педагогическим творчеством, определение значения педагогического творчества в образовательном процессе, а также выявление эффективных методов развития педагогической культуры в современной системе образования.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
в ходе исследования использовались следующие материалы и методы: теоретический анализ – изучение научной литературы по педагогической культуре и творчеству; компаративный анализ – сравнение формирования и развития педагогической культуры в различных системах образования; эмпирическое исследование – применение методов эксперимента и наблюдения для определения уровня педагогического творчества у преподавателей; социологическое исследование – проведение опросов среди преподавателей и студентов для выявления влияния педагогической культуры на образовательный процесс; инновационные педагогические методы – изучение и анализ современных педагогических подходов и технологий.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ
результаты исследования показали, что: педагогическое творчество играет важную роль в формировании педагогической культуры. Кративность преподавателей повышает эффективность образовательного процесса.
Педагогическая культура включает не только теоретические знания, но и систему практических навыков. Это проявляется в подходе преподавателя к своей профессии, методах и способности применять инновационные педагогические технологии.
Педагогическое творчество положительно влияет на профессиональное развитие преподавателей. Преподаватели, постоянно совершенствующие свои навыки и внедряющие новшества, могут обеспечивать более качественное обучение.
Развитие педагогической культуры в современной системе образования связано с внедрением инновационных методов. Поэтому преподаватели должны регулярно изучать и применять новые педагогические подходы.
Педагогическое творчество повышает мотивацию в образовательном процессе. Использование индивидуального подхода, интерактивных и креативных методов обучения способствует повышению эффективности обучения.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
педагогическая культура и педагогическое творчество являются неотъемлемой частью современного образовательного процесса. Педагогическое творчество способствует повышению эффективности деятельности преподавателя, организации образовательного процесса на основе инновационных технологий и делает процесс обучения более интересным и продуктивным. В связи с этим необходимо внедрение системных мер по формированию педагогической культуры и развитию педагогического творчества в образовательных учреждениях.
Ключевые слова: педагогическая культура, педагогическое воспитание, педагогическое творчество, воспитание личности, педагогическое мастерство.
Для цитирования: Нишонбоева К.В. Вопрос педагогического творчества в
педагогической культуре. // Inter education & global study. 2025. №3. С. 538–547.
THE ISSUE OF PEDAGOGICAL CREATIVITY IN PEDAGOGICAL CULTURE
1Tashkent State Institute of Arts and Culture, Tashkent, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION
this article examines the concept of pedagogical culture, its modern challenges, its formation, content, and essence. It also highlights the role of pedagogical creativity in personality development and culture, as well as the scientifictheoretical and methodological foundations of pedagogical culture.
AIM
the main objective of this article is to analyze the relationship between pedagogical culture and pedagogical creativity, determine the importance of pedagogical creativity in the educational process, and identify effective methods for developing pedagogical culture in the modern education system.
MATERIALS AND METHODS
the study utilized the following materials and methods: theoretical analysis – review of scientific literature on pedagogical culture and creativity; comparative analysis – comparison of the formation and development of pedagogical culture in various educational systems; empirical research – use of experimental and observational methods to assess the level of pedagogical creativity among teachers; sociological research – conducting surveys among teachers and students to determine the impact of pedagogical culture on the educational process; innovative pedagogical methods – study and analysis of modern pedagogical approaches and technologies.
DISCUSSION AND RESULTS
the research findings indicate that: edagogical creativity plays a crucial role in shaping pedagogical culture. Teachers’ creativity enhances the effectiveness of the educational process. Pedagogical culture is not just a set of theoretical knowledge but also a system of practical skills. This is reflected in the teacher’s approach to their profession, methodologies, and ability to apply innovative pedagogical technologies.
Pedagogical creativity positively influences the professional development of teachers. Teachers who continuously improve their skills and implement innovations can provide more effective education.
The development of pedagogical culture in the modern education system is linked to the introduction of innovative methods. Therefore, teachers must regularly explore and adopt new pedagogical approaches.
Pedagogical creativity enhances motivation in the learning process. The use of an individual approach, interactive and creative teaching methods increases educational effectiveness.
CONCLUSION
pedagogical culture and pedagogical creativity are integral parts of the modern educational process. Pedagogical creativity enhances the effectiveness of teachers' work, facilitates the organization of the educational process using innovative technologies, and makes learning more engaging and productive. Therefore, it is necessary to implement systematic measures to foster pedagogical culture and develop pedagogical creativity in educational institutions.
Key words: pedagogical culture, pedagogical education, pedagogical creativity, personality development, pedagogical mastery.
For citation: Kunduzxon V. Nishonboeva. (2025) ‘The issue of pedagogical creativity
in pedagogical culture’, Inter education & global study, (3), pp. 538–547. (In Uzbek).
Kelajak avlodga ta’lim va tarbiya berish jarayonining samaradorligini oshirishda o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi bilan bir katorda ularning pedagogik madaniyati ham juda muhim ahamiyatga ega.
Pedagogik madaniyatning mohiyati va mazmuni hozircha yetarli tadqiq qilinmagan, adabiyotlarda ham bu muammoga aniq yondashuv kuzatilmaydi. Shu bilan birga , so‘nggi yillarda ta’lim muassasalari amaliyotida pedagogik madaniyatga qiziqish ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida, ta’lim- tarbiya jarayonining nafaqat mutaxassislarni yuqori saviyali yetuk darajasida tayyorlash masalalariga, balki uning ma’naviy -axloqiy, madaniy negizlariga, shu bilan birga birga pedagoglarning kasbiy salohiyatiga ham e’tiborning ortib borayotganligidan dalolat beradi. Masalaning asosiy jihati shundaki, globallashuv jarayoni va uning tezlashuvi pedagogika nazariyasi va amaliyotida yuz berayotgan innovatsion jarayonlar o‘qituvchining pedagogik tayyorgarligi saviyasi bilan birga, uning kasbiy madaniyati darajasiga ham yuksak talablar qo‘ymoqda.
Pedagogik madaniyat- pedagogik tushunchalar va mahorat, pedagogik axloq va kasbiy – pedagogik xislatlar, pedagogning ish uslubi va o‘z faoliyatiga munosbatlari yig‘indisidir. Pedagogik madaniyatning namoyon bo‘lishi va uning qadriyatga, turmush tarziga aylanishi uchun insondan yuqori kasbiy salohiyat, ma’rifiy va axloqiy barkamollik talab qilinadi.
Pedagogik madaniyat- murakkab tuzilishga ega bo‘lib, quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: pedagogik yo‘nalganlik( pedagogik faoliyatga moyillik, qat’iy pedagogik ishonch, bo‘ysinuvchilarga hurmat, g‘amxo‘rlik va shu kabilar); keng dunyoqarash, yuksak axloqiylik; bilimdonlik, zukkolik va ziyoliylik; pedagogik mahorat; ta’lim -tarbiya ishlarini ilmiy izlanishlar bilan uyg‘unlashtira olish qobiliyati; yuksak muomala madaniyati; o‘ziga nisbatan talabchanlik, izlanuvchanlik, kasbiy mahorati va bilimi saviyasini oshirib borishga
Pedagogik madaniyatning sanab o‘tilgan tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, birbirini to‘ldirib, rivojlantirib boradi va pedagogik faoliyat jarayonida yagona tizimda namoyon bo‘ladi.
Pedagogikada madaniyat deganda shaxsning hatti -harakatlaridagi ma’naviy imkoniyatlari tushuniladi. Shunga ko‘ra, shaxs madaniyati- bu shaxsning madaniyat talablariga asoslangan bilim, ko‘nikma va malakalari hamda ularga kundalik hayotda amal qilishi zarur bo‘ladi.
Pedagogik madaniyatning alohida komponentlari shaxs psixologik xususiyatlariga (yo‘nalganlik, temperament, harakter, qobiliyat) qarab o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, pedagog shaxsining individual portretini hosil qilishi mumkin. Bu shundan dalolat beradiki, umumiy xususiyatlar bilan birga har bir pedagogning kasbiy madaniyati o‘ziga xoslik, individuallik va betakrorlikka ega bo‘ladi.
Pedagogik madaniyatda pedagoglik yo‘nalganlik alohida o‘rin egallaydi. Pedagogik madaniyatning atrofida pedagogning kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan eng asosiy xususiyatlari mujassamlashadi.
Pedagogik tafakkur madaniyati- pedagogik taxlil sintez qobiliyatlarning rivojlanganligi mushohada qilish, tanqidiylik, mustaqillik, kuzatuvchanlikning kengligi, faolligi, tezligi, pedagogik xotira, ijobiy tasavvur kabilarni o‘ziga mujassamlashtiradi.
Pedagogik madaniyatda pedagog eng avvalo ijodkorlik qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Ijodkorlik , bu mavjud tajribalarning qayta tiklanishi va bilim, ko‘nikma, mahsulotning yangicha ilgari mavjud bo‘lmagan uyg‘unligini yuzaga keltiruvchi o‘ziga xos faoliyatdir. Ijodkorlik turli darajada bo‘lishi mumkin. Uning ko‘rinishlaridan biri, bu mavjud bilimlardan foydalana bilishlik va ulardan foydalanish jabhalarini kengaytirish bo‘lsa, uning ikkinchi ko‘rinishi- mavjud bilimlar obekti va jabhasiga bo‘lgan butunlay yangicha munosabatdir. Shu o‘rinda bir narsani nazarda tutish kerakki, ijodkorlikni inson faoliyatidagi “yangilik” bilan birga, “taraqqiyot” sifatida ham talqin etish mumkin. Xaqiqiy ijodkorlik. O‘z tabiatiga ko‘ra insonparvar xususiyatiga egadir, chunki u shaxs kamolotiga va o‘zini-o‘zi rivojlantirishga, xuddi shu orqali esa madaniyat va jamiyatning takomillashuviga olib keladi. Mazkur g‘oyadan kelib chiqib, ijodkorlikka inson faoliyatining o‘ziga xos ko‘rinishi, ya’ni “ shaxs va jamiyat rivojiga o‘z xissasini qo‘shayotgan shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatlilik va taraqqiylik deb ta’rif berish mumkin. Ijodkorlikni yaxlit bir jarayon sifatida tahlil qilsak, ijodkorlikma’lum jarayonning o‘ziga xosligi va natijaning yangiligidir deb ta’rif berish mumkin.
Pedagogik madaniyatda pedagogik faoliyat, har qanday faoliyat kabi miqdoriy o‘lchov va shu bilan birga sifat darajasiga ham egadir. Pedagogik madaniyatda pedagogik mehnatning mazmuni va shakliga faqatgina pedagogning o‘z faoliyatiga bo‘lgan ijodiy munosabatning darajasi orqaligina to‘g‘ri baho berish mumkin. Shuning uchun pedagogik faoliyatning ijodiy mazmuni uning xaqqoniy (obektiv) ko‘rinishini aks ettiradi, zero xaqqoniylik pedagogik vaziyatning xilma-xilligi va o‘ziga xos tomonlarini nazarga olgan holda, ushbu vaziyat va undan kelib chiqadigan vazifalarni xilma-xil yondashuvda tahlil va talqin qilishni talab qiladi.
Ma’lumki, inson ongi va qarashlarining rivojlanishi- avval voqeilikni his etishdan toki uni chuqur tushunib yetgunga qadar bo‘lgan masofani bosib o‘tadi va shundan keyingina u ijodiy ravishda shakllanadi. Bu jarayon ayni paytda pedagogning ongi va faoliyatiga tadrijiy ravishda bog‘liq bo‘ladi. Bugungi kunga kelib, pedagogik madaniyatda pedagogik faoliyat, o‘z tabiatiga ko‘ra, ijodiy faoliyat ekanligi tajribalarda o‘z ifodasini topgan. Ammo, shu narsa ham ma’lumki, an’anaviy, ijodiy bo‘lmagan, saviyasiz ish mazmuniga xodim ijodiy tus berishi mumkin yoki ayni paytda pedagogik faoliyatga rasmiy tus berib, unga xos bo‘lgan ijodiy mazmunni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Demak faoliyatda, pedagogik madaniyatda pedagogik faoliyatda ijodkorlik masalasi eng avvalo shaxs- pedagog bilan bog‘liq. Ammo umumiy tarzda aytish o‘rinliki, pedagogik faoliyat- mohiyatan doimiy ijodiy jarayondir.
Pedagog ijodiy jarayonda o‘z oldiga ijtimoiy jihatdan yangi, o‘ziga xos narsani yaratishni maqsad qilib qo‘ymaydi, chunki shaxs va shaxs rivoji doimo uning asosiy faoliyat obekti bo‘lib qoladi. Ijodiy faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog, boz ustiga novator pedagog o‘zining pedagogik tizimini yaratadi va o‘z obekti ustida ish olib borish jarayonida undan bog‘liqdir. Xususan, pedagog shaxsning ijodkorlik qobiliyati uning ijtimoiy tajribasi, psixo pedagogik va kasbiy bilimlari yangi g‘oyalar malaka va ko‘nikmalari asosida shakllanadi. Shakllangan tajriba yangi uslublarni yaratishga hamda muammolarning yangicha yechimini eng to‘g‘ri qarorlar qabul qilish orqali topish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida “ijodkor” tomonidan o‘z kasbiy vazifalari “ijrosining” yanada takomillashuviga olib keladi.
Pedagogik madaniyatda ijodkorlik mehnatga ijodiy munosabatda bo‘ladigan o‘zining kasb saviyasini muttasil oshirib boradigan, bilimlarini to‘ldirib boruvchi alohida pedagoglarning hamda butun boshli pedagogik jamoalarning tajribasini o‘rganuvchi kishilargagina xosdir.
Ayrim hollarda pedagog mehnatining ijodiy tabiatini aqliy faoliyat bilan bog‘lashadi. Ammo aqliy mehnat bilan ijodiy mehnat bir xil narsa emas. Albatta o‘tgan avlodlar tomonidan to‘plangan va umumlashtirilgan tajribada o‘z ifodasini topgan bilimlarni maxsus tayyorgarliksiz egallash qiyin. Faqat har tomonlama bilimli va maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan pedagoggina vujudga keladigan vaziyatlarni chuqur tahlil qilish asosida va muammolar mohiyatini to‘liq anglay olishi natijasidagini ularning o‘ziga xos yo‘l va uslubda. mahorat bilan bartaraf etishi mumkin.
Har qanday kasb egasining pedagogik madaniyati ijodiy imkoniyati shaxsga xos bo‘lgan qator xususiyatlar bilan harakterlanadi va ushbu xususiyatlar ijodkor shaxsning sifatlari hisoblanadi. Ushbu xususiyatlarning turli “majmualarini” misol tariqasida keltirish mumkin: Ularning birinchi ko‘rinishi sifatida muqobil variantlarni seza olish va bayon etish dastlab to‘g‘ri bo‘lib ko‘ringan, ammo o’zaki bo‘lgan qoidalardan voz kecha olish; muammoning mohiyatini darhol ilg‘ab olish va ayni paytda istiqbolini ko‘ra bilish malakasiga ega bo‘lish; obro‘ga yo‘naltirilgan fikrni inkor etish qobiliyati; mavjud obektning butkulligi , ya’ni mazmun va mohiyati bilan boshqa tomondan ko‘ra bilish; nazariy musobahadan voz kechish; narsalarni oq yoki qoraga ajratish; odatdagi hayotiy nuqtai nazardan arzimagan sababga ko‘ra orqaga chekinishga yo‘l qo‘ymaslik.
Ikkinchi ko‘rinish tarkibida quyidagi xususiyatlarni jamlash mumkin: tez va erkin mushohadalik qobiliyatti (ongda yangi obrazlarni shakllantira olish va ular yordamida bog‘lamalarni hosil qilish); to‘g‘ri baho berish qobiliyati va tanqidiy fikrlash (muqobil variantlaridan birini uni tekshirgunga qadar tanlay bila olish, qaror qabul qilishni o‘zgartira olish qobiliyati); hotirani doimo tayyor holda saqlash (bilimlar tizimining aksariyat qismini eslab qolish, bilimlarning tartibligi va muntazam o‘sib borishi) va mo‘ljaldagi maqsadni tez sur’atda amalga oshirish; umumlashtirish va keraksiz axborotlarni tashlab yuborish qobiliyati.
Uchinchidan, ijodkor shaxs sifatida o‘z faoliyatini ijodiy jarayonga aylantira oladigan shaxsdagi ijodiylikni nazarda tutadi. Bu yerda ijodkorlikning bir necha asosiy xususiyatlarini sanab o‘tish mumkin, bular: o‘ziga xoslik, evristiklik, faollik, fikr jamligi, aniqlik, hissiyotlilik.
Yuqorida keltirilgan ijodkor shaxs tipologiyasini pedagoglarga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Masalan nazariyotchi mantiqchi bu ijodkor shaxsning shunday turiki, unga axborotni tasniflash va tizimlashtirish va mantiqiy keng umumlashtirish qobiliyati xosdir. Ushbu guruhga mansub shaxslar o‘zlarining ijodiy ishlarini aniq rejalashtiradilar, ma’lum bo‘lgan ilmiy tadqiqot metodlaridan keng miqyosda foydalanadilar . Ushbu turga mansub shaxs har tomonlama bilimli va ahborotga ega odamdir. Hammaga ma’lum nazariy konsepsiyalarga suyangan holda ushbu konsepsiyalarni yanada rivojlantiradilar . Ular o‘zlari boshlagan hamma ishlarni mantiqiy nihoyasiga yetkazadilar, o‘zlarining xulosalarini manbalarga suyangan holda mustahkamlaydilar.
Sezish qobiliyati o‘ta kuchli bo‘lgan nazariyotchilar yangi g‘oyalarni umumlashtira olish qobiliyatiga ega bo‘ladilar, ushbu ijodiy qobiliyatlarga ega bo‘lgan kishilar yangi ilmiy konsepsiyalar va yo‘nalishlar mualliflari sifatida taniladilar. Ular o‘zlarining g‘oyalarini jamiyat tomonidan qabul qilingan g‘oyalarga qarama -qarshi qo‘yishdan qo‘rqmaydilar, yuksak darajada tasavvur qila olish xislatiga ega bo‘ladilar.
Amaliyotchilar esa doimo yangi, o‘ziga xos farazlarni tekshiruv orqali sinab ko‘radilar. Ushbu guruhga mansub kishilar ma’muriy sohada ishlashni yaxshi ko‘radilar va ishlay oladilar, ularda doimo amaliy ishlarga nibatan qiziqish yuqori darajada bo‘ladi.
Ijodkor pedagog sirasiga kiritish mumkin bo‘lgan tashkilotchi pedagoglar doimo yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdek qobiliyatga ega bo‘ladilar. Ushbu odamlar rahbarligi ostida o‘ziga xos ilmiy maktablar va ijodiy jamoalar tashkil etiladi. Ushbu guruhga mansub kishilar qat’iyligi, muloqotga moyilligi bilan boshqalarni o‘z irodasiga bo‘ysundira oladigan va ularni yanada yirikroq ijodiy vazifalarni hal etishga safarbar eta oladigan odamlardir. Tashkilotchi pedagoglar tashabbuskorlik xususiyatiga ham ega bo‘ladilar. Ular o‘zining tashabbusi, qat’iyligi bilan ajralib turadi.
Pedagogik madaniyatda o‘qituvchining ijodiy faoliyati ikki asosiy shaklda amalga oshiriladi. Birinchidan, ma’lum vositalarni ta’lim jarayonida vujudga kelayotgan pedagogik vaziyatlarda yangi ko‘rinishda qo‘llash, ikkinchidan, o‘zining faoliyatida avvaldan ma’lum bo‘lgan pedagogik vaziyatlar uchun yangi vositalar ishlab chiqish.
Pedagogik madaniyatda pedagogik ijodkorlikning tutgan o‘rni katta bo‘lib, pedagogik ijodkorlikning paydo bo‘lish jabhasi pedagogik faoliyatning tuzilishi orqali aniqlanadi va uning konstruktiv, tashkilotchilik, muloqotga moyillik kabi hamma qirralarini qamrab oladi. Ammo , pedagogik faoliyatda ijodkorlikni ro‘yobga chiqarish uchun qator sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak. Umuman olganda, pedagogik ijodkorlik o‘zgaruvchan shart -sharoitlardagi pedagogik vazifalarni xal qilish jarayoni sifatida tushuniladi. Ammo bir nechta an’anaviy va noan’anaviy vazifalarni xal qilishga kirishar ekan, pedagog ilmiy tadqiqotchi kabi o‘zining faoliyatini evristik izlanishning umumiy qoidalariga mos holda tashkil etadi: pedagogik vaziyatning tahlili; natijani loyihalashtirish; taxminlarni tekshirish va kerakli natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan mavjud vositalarning tahlili; erishilgan natijalarni baholash; yangi vazifalarni aniqlash.
Madaniyat pedagogikasida pedagogik faoliyatning mazmunini faqatgina pedagogik vazifalarni hal etish bilan chegaralash lozim emas, chunki ijodiy faoliyatda shaxsning aqliy, hissiy irodaviy va ehtiyojiy xususiyatlari yaxlitlikda namoyon bo‘ladi. Shunga qaramasdan, ijodiy fikrlash (maqsadni belgilash turli to‘siqlar, ko‘rsatmalar, yo‘llarni tanlash, tasnif va baholash) ning turli tarkibiy qismlarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlarni bajarish pedagog shaxsining ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishning muhim sharoitlaridan hisoblanadi.
Pedagogik faoliyatida ijodkorlikning namoyon bo‘lish doirasini faqatgina pedagogik vazifalarning o‘ziga xos hal etilishi bilan chegaralab bo‘lmaydi. Pedagogning ijodkorligi pedagogik faoliyat jarayonida vujudga keladigan maqsadli muloqotga oid vazifalarni hal etishda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bu yerda o‘qituvchining ijodiy faoliyatidagi mantiqiy pedagogik va subektiv hissiy aspekt bilan bir qatorda pedagogik faoliyatdagi muloqotga moyillikni (darsda o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatda yangi muloqot yo‘llarini izlash va topish, o‘quvchilar bilan guruhli ishlashda yangi muloqot shakllarini tashkil qilish qobiliyati va hakozo) alohida ko‘rsatib o‘tish o‘rinli.
Pedagogik faoliyatda ijodkorlik u yoki bu darajada namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan:
1. Auiditoriya bilan oddiy (elementar) o‘zaro bog‘langanlik darajasi: Pedagog bu yerda o‘z faoliyatiga tegishli o‘zgarishlar kiritadi, ammo ayni paytda u mavjud “metodik qo‘llanmalar”, “odatiy nusxa” asosida boshqa o‘qituvchilarning tajribasiga suyanib harakat qiladi.
2. Dars jarayonida pedagog faoliyatining eng maqbul shaklda tashkil etilishi: ya’ni darsni rejalashtirishdan boshlab , o‘qitishning o‘qituvchiga ma’lum bo‘lgan shakl va uslublarning mahorat bilan tanlanishi.
3. Evristik daraja: unda pedagog talabalar bilan jonli muloqot qilish uchun ijodiy imkoniyatlardan foydalanadi.
4. Pedagog ijodkorligining oliy darajasi: unga pedagogning mutlaqo mustaqilligi xos. Bu yerda shaxsiy tashabbusga asoslangan shunday tarbiya uslubi qo‘llaniladiki, ular o‘qituvchining shaxsiy individlualligini namoyon etib, tarbiyalanuvchi tabiatiga va umuman, sinf rivojining aniq darajasiga mos keladi.
Ushbu darajalarni shartli ravishda amaliyotdagi uslublarni qayta tiklash muqobillashtirish, evristik, shaxsiy mustaqil darajalar deb atash mumkin. Pedagogik madaniyatda pedagogik jarayon bu shunday jarayonki, to‘plangan bilim va tajribalarni egallash va o‘zlashtirishdan boshlanib , uni o‘zgartirish va qayta ishlashgacha davom etadi. Pedagogik vaziyatga ko‘nikishni vujudga keltirib toki uni qayta o‘zgartirishga qadar bo‘lgan masofa esa pedagog ijodkorligida o‘sish sur’atining mohiyatini tashkil etadi.
Pedagogik tajriba ommaviy va ilg‘or bo‘lishi mumkin. Ommaviy pedagogik tajriba bu ta’lim maskani va alohida bir pedagogning ish tajribasi bo‘lib, u ta’lim, tarbiya amaliyoti va pedagogik fan erishgan yutuqlarni o‘zida mujassamlashtirganligi bilan harakterlanadi. “Ilg‘or pedagogik tajriba” iborasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi Keng ma’noda “ilg‘or tajriba” deganda pedagogning yuqori mahorati tushuniladi. Garchand uning tajribasi o‘zida yangi o‘ziga xos mazmunni ifoda etmasa ha,. ammo u pedagogik mahoratni hali to‘liq egallamagan o‘qituvchi uchun namuna hisoblanadi. Ushbu ma’noda mahoratli pedagog tomonidan egallangan tajriba ilg‘or tajriba hisoblanib. uni keng targ‘ib etish maqsadga muvofiqdir. Tor ma’nodagi “ilg‘or pedagogik tajriba”ga shunday amaliyot mansubki, unda ijodiy izlanish, o‘ziga xoslik, yangilik elementlari mavjud bo‘lib, uni boshqacha qilib “yaratuvchanlik” deb atash ham mumkin. Ushbu pedagogik tajriba alohida qimmatga ega, chunki u ta’lim amaliyoti va pedagogik fanning yangi yo‘llarini ochib beradi. Shuning uchun bu tajriba tahlil qilish, umumlashtirish va targ‘ib etishga eng birinchi navbatda loyiqdir.
Pedagogik madaniyatda oddiy pedagogik mahorat bilan yaratuvchanlik o‘rtasida chegarani belgilash ko‘pincha mushkul. Chunki, ma’lum kasbiy tamoyillar va uslublarni egallab olgan mahoratli pedagog, odatda erishgan yutuqlari bilan chegaralanib qolmaydi. Mahoratli pedagog, yangi- yangi usullarni topib va ulardan foydalana borib, yoki yangilarini eski usullar bilan sermahsul uyg‘unlashtira borib, asta- sekin xaqiqiy yaratuvchan pedagogga aylanadi. Pedagogik yaratuvchanlik (novatorlik) ta’limni riojlantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi, chunki u turli yangiliklarni ta’lim sohasiga kiritadi. Bu yangiliklar ta’lim sohasidagi turli tashabbuslar va o‘zgarishlarda o‘z ifodasini topadi. Ta’lim va pedagogik texnologiyalar mazmunida ro‘y bergan ayrim o‘zgarishlar hamda ta’lim sohasidagi global o‘zgarish yaratuvchanlikning natijasi sifatida yuzaga kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganimizda, pedagogik madaniyatda pedagogik mahorat bu pedagogning amaliyotda sinovdan o‘tgan, uslubiy qo‘llanma va tavsiyalarda ifoda etilgan hamda meyorlarni yuksak darajada o‘zlashtirish faoliyatidir. Pedagogning mahorati to‘g‘ridan-to‘g‘ri pedagogik faoliyatining miqdoriga bog‘liq emas. Pedagogik mahoratdan farqli o‘laroq, pedagogik ijodkorlik bu doimo yangilikni qidirish va izlab topishdir. Albatta, har bir pedagog o‘zidan oldingi tajribaning davomchisidir, ammo pedagog ijodkor bu masalaga doimo keng va uzoq nazar tashlaydi. Har qanday pedagog u yoki bu ko‘rinishda pedagogik xaqiqatni o‘z faoliyatida qayta shakllantiradi, ammo faqat pedagog ijodkorgina pedagogik faoliyatga tub o‘zgarishlar uchun birinchilar qatorida maqsadli kurashadi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Pedagogik mahorat- A.T.Nurmanov. Yо.I.Tuganov. O‘quv qo‘llanma. Toshkent.2022
y. 2. K.Xoshimov, S.Nishonova.Pedagogika tarixi. Toshkent . 2005. 3. Vigm I.YE. Pedagogicheskaya kultura: stanovleniye, soderjaniye i smisl. 4. // Pedagogika.- 2002. № 3. S. 3-7. 5. Tarasova S.I. Osnovi narodnoy pedagogiki. Uchebnoye posobiye dlya VUZ ov. M.
2023. -str. 158.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.