ResearcherUz LogoResearcherUz

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TOLERANTLIK MADANIYATINING SHAKLLANGANLIK DARAJASINI ANIQLASH.

Аннотация

mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida tolerantlik madaniyatining shakllanganlik darajasini aniqlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tolerantlik madaniyatining mazmun-mohiyati, uning talaba-yoshlar shaxsini rivojlantirishdagi o‘rni hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida tolerantlikning kognitiv, affektiv va xulq-atvor komponentlari asosida baholash mezonlari ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan pedagogik diagnostika natijalari tahlil qilingan. Olingan natijalar asosida tolerantlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


в данной статье анализируются теоретические и практические аспекты определения уровня сформированности культуры толерантности у студентов высших образовательных учреждений. Раскрываются сущность и содержание культуры толерантности, её роль в развитии личности студенческой молодёжи и значение в современной системе образования. В ходе исследования были разработаны критерии оценки на основе когнитивного, аффективного и поведенческого компонентов толерантности, а также проанализированы результаты педагогической диагностики, проведённой среди студентов высших учебных заведений. На основе полученных результатов разработаны научно-практические рекомендации по развитию культуры толерантности.

Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

SHAKLLANGANLIK DARAJASINI ANIQLASH.

Norboyev Temur Rustamovich, Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi.

Annotatsiya

KIRISH

mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida tolerantlik madaniyatining shakllanganlik darajasini aniqlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tolerantlik madaniyatining mazmun-mohiyati, uning talaba-yoshlar shaxsini rivojlantirishdagi o‘rni hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida tolerantlikning kognitiv, affektiv va xulq-atvor komponentlari asosida baholash mezonlari ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan pedagogik diagnostika natijalari tahlil qilingan. Olingan natijalar asosida tolerantlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

MAQSAD

oliy ta’lim muassasalari talabalarida tolerantlik madaniyatining shakllanganlik darajasini aniqlash va uni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilish.

MATERIALLAR VA METODLAR

tadqiqotda tolerantlik madaniyati, shaxs rivojlanishi va ta’lim jarayoniga oid ilmiy manbalar tahlil qilindi. Tolerantlikning kognitiv, affektiv va xulq-atvor komponentlari asosida pedagogik diagnostika o‘tkazildi hamda natijalar tahlil qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

tadqiqot natijalari talabalar orasida tolerantlik madaniyatining shakllanish darajasi turlicha ekanligini ko‘rsatdi. Kognitiv, affektiv va xulqatvor komponentlari asosida ishlab chiqilgan baholash mezonlari tolerantlik madaniyatini aniqlashda samarali ekanligi aniqlandi. Shuningdek, tolerantlik madaniyatini rivojlantirish talabalarning ijtimoiy faolligi, muloqot madaniyati va shaxsiy kamolotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslandi.

XULOSA

talabalarda tolerantlik madaniyatini rivojlantirish zamonaviy ta’limning muhim vazifalaridan biri bo‘lib, u shaxsning ijtimoiy va ma’naviy kamolotini ta’minlashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: tolerantlik, tolerantlik madaniyati, bag‘rikenglik, oliy ta’lim, talabayoshlar, madaniyatlararo muloqot, fuqarolik jamiyati, pedagogik diagnostika, ma’naviy tarbiya, ijtimoiy kompetensiya.

ОПРЕДЕЛЕНИЕ УРОВНЯ СФОРМИРОВАННОСТИ КУЛЬТУРЫ ТОЛЕРАНТНОСТИ

В ВЫСШИХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ.

Норбоев Темур Рустамович, Термезский государственный педагогический институт преподаватель.

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

в данной статье анализируются теоретические и практические аспекты определения уровня сформированности культуры толерантности у студентов высших образовательных учреждений. Раскрываются сущность и содержание культуры толерантности, её роль в развитии личности студенческой молодёжи и значение в современной системе образования. В ходе исследования были разработаны критерии оценки на основе когнитивного, аффективного и поведенческого компонентов толерантности, а также проанализированы результаты педагогической диагностики, проведённой среди студентов высших учебных заведений. На основе полученных результатов разработаны научно-практические рекомендации по развитию культуры толерантности.

ЦЕЛЬ

определить уровень сформированности культуры толерантности у студентов высших учебных заведений и проанализировать педагогические возможности её развития.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в исследовании проанализированы научные источники по культуре толерантности, развитию личности и образовательному процессу. Проведена педагогическая диагностика на основе когнитивного, аффективного и поведенческого компонентов толерантности с последующим анализом результатов.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

результаты исследования показали различный уровень сформированности культуры толерантности среди студентов. Установлено, что критерии оценки, разработанные на основе когнитивного, аффективного и поведенческого компонентов, являются эффективным инструментом диагностики толерантности. Также обосновано положительное влияние развития культуры толерантности на социальную активность, коммуникативную культуру и личностное развитие студентов.Результаты исследования показали различный уровень сформированности культуры толерантности среди студентов. Установлено, что критерии оценки, разработанные на основе когнитивного, аффективного и поведенческого компонентов, являются эффективным инструментом диагностики толерантности. Также обосновано положительное влияние развития культуры толерантности на социальную активность, коммуникативную культуру и личностное развитие студентов.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

развитие культуры толерантности у студентов является одной из важных задач современного образования и способствует их социальному и духовному развитию.

Ключевые слова: толерантность, культура толерантности, терпимость, высшее образование, студенческая молодёжь, межкультурная коммуникация, гражданское общество, педагогическая диагностика, духовно-нравственное воспитание, социальная компетентность.

ASSESSING THE LEVEL OF TOLERANCE CULTURE FORMATION IN HIGHER

EDUCATION INSTITUTIONS.

Temur Rustamovich Norboyev, Lecturer Termez State Pedagogical Institute.

Annotation

INTRODUCTION

this article analyzes the theoretical and practical aspects of assessing the level of tolerance culture formation among students in higher education institutions. It highlights the essence and significance of tolerance culture, its role in the development of students’ personalities, and its importance within the modern educational system. The study develops assessment criteria based on the cognitive, affective, and behavioral components of tolerance and analyzes the results of pedagogical diagnostics conducted among university students. Based on the findings, scientific and practical recommendations aimed at fostering and enhancing tolerance culture have been proposed.

AIM

to determine the level of tolerance culture formation among higher education students and analyze pedagogical opportunities for its development.

MATERIALS AND METHODS

the study analyzed scientific literature on tolerance culture, personality development, and educational processes. Pedagogical diagnostics based on cognitive, affective, and behavioral components of tolerance were conducted and the results were analyzed.

DISCUSSION AND RESULTS

the findings revealed varying levels of tolerance culture among students. The assessment criteria developed on the basis of cognitive, affective, and behavioral components proved effective in determining the level of tolerance. The study also demonstrated that the development of tolerance culture positively influences students’ social activity, communication skills, and personal growth.

CONCLUSION

developing a culture of tolerance among students is an important task of modern education and contributes to their social and personal development.

Keywords: tolerance, culture of tolerance, forbearance, higher education, students, intercultural communication, civil society, pedagogical diagnostics, moral education, social competence.

Bugungi globallashuv sharoitida turli millat, din va madaniyat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamjihatlikni qaror toptirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tolerantlik madaniyati jamiyat barqarorligi, ijtimoiy totuvlik va fuqarolik birdamligini ta’minlovchi muhim ma’naviy qadriyat sifatida e’tirof etiladi. BMTning “Tolerantlik tamoyillari deklaratsiyasi” da tolerantlik xilma-xillikni hurmat qilish, qabul qilish va to‘g‘ri tushunish sifatida talqin etilgan [1].

Oliy ta’lim muassasalari tolerantlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim ijtimoiy-pedagogik instituti hisoblanadi. Talabalar turli hududlar, millatlar va madaniy muhitlardan kelganligi sababli universitetlar bag‘rikenglik, hamkorlik va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratadi [2].

Shu nuqtayi nazardan, talabalarda tolerantlik madaniyatining shakllanganlik darajasini aniqlash, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish hamda samarali pedagogik mexanizmlarni ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

“Tolerantlik” tushunchasi lotincha “tolerantia” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “chidamlilik”, “bardoshlilik” ma’nolarini anglatadi. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda tolerantlik boshqa insonlarning qarashlari, e’tiqodlari va madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ifodalaydi [1].

Xorijiy tadqiqotchilardan G. Allport tolerantlikning psixologik mexanizmlarini tadqiq qilib, turli guruhlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlik stereotiplarni kamaytirishi hamda bag‘rikenglikni rivojlantirishini asoslagan [3]. M. Walzer tolerantlikni fuqarolik jamiyatining muhim tamoyili sifatida talqin qilgan va demokratik taraqqiyotning muhim omili sifatida baholagan [4].

G. Soldatova va L. Shaygerova tolerantlikni baholashning ilmiy diagnostik metodikasini ishlab chiqib, uning kognitiv, affektiv va xulq-atvor komponentlaridan iborat murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa ekanligini ta’kidlaydi [5].

O‘zbekistonlik olimlar ham tolerantlik va bag‘rikenglik masalalarini turli jihatlardan tadqiq etganlar. A. Yo‘ldoshev yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish orqali bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish zarurligini asoslaydi [6]. N. Qosimov oliy ta’lim muassasalarida tolerantlik tarbiyasining nazariy va amaliy jihatlarini yoritgan [7].

R. Mavlonova pedagogik jarayonda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shaxs ma’naviyatini shakllantirish masalalarini tahlil qilgan bo‘lib, tolerantlikni barkamol avlod tarbiyasining muhim mezonlaridan biri sifatida baholaydi [8]. M. Quronov yoshlar ma’naviy kamolotida bag‘rikenglik, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatining o‘zaro bog‘liqligini ilmiy jihatdan asoslab bergan [9].

U. Mahkamov ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhit yaratish tolerantlik madaniyatini rivojlantirishning muhim sharti ekanligini ta’kidlaydi [10]. N. Egamberdiyeva esa ijtimoiy pedagogika nuqtayi nazaridan shaxsni ijtimoiylashtirish jarayonida tolerantlik kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlarini yoritgan [11]. B. Xodjayev kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonida talabalar o‘rtasida madaniyatlararo muloqot va bag‘rikenglikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini ko‘rsatib bergan [12].

Mazkur tadqiqot metodologiyasi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning tolerantlik madaniyatini shakllanganlik darajasini aniqlash, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni baholash hamda tolerantlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan. Tadqiqot metodologiyasi zamonaviy pedagogik, sotsiologik va psixologik yondashuvlarga tayangan holda ishlab chiqildi.

Tadqiqotning metodologik asosi sifatida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi, kompetensiyaviy yondashuv, ijtimoiy konstruktivizm nazariyasi hamda madaniyatlararo muloqot konsepsiyalari tanlandi. Mazkur yondashuvlar talabaning ta’lim jarayonidagi faol ishtirokini ta’minlash, uning ijtimoiy tajribasini boyitish va tolerantlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va fuqarolik hamjihatligi tamoyillari tadqiqotning muhim metodologik asoslari sifatida qaraldi [1; 2].

Tadqiqotda tolerantlik madaniyati shaxsning boshqa millat, din, madaniyat va dunyoqarash vakillariga nisbatan hurmat, bag‘rikenglik, hamkorlik va o‘zaro tushunishga asoslangan munosabatlar tizimi sifatida talqin qilindi. Tolerantlik madaniyatining shakllanganlik darajasi kognitiv, emotsional-qadriyatli va xulqiy-faoliyatli komponentlar asosida baholandi [3; 4].

Tadqiqot obyekti – oliy ta’lim muassasalarida talabalarda tolerantlik madaniyatini shakllantirish jarayoni.

Tadqiqot predmeti – talabalarning tolerantlik madaniyati darajasini aniqlash mezonlari, ko‘rsatkichlari, diagnostik vositalari hamda uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi pedagogik omillar.

Tadqiqotda ilmiy izlanishlarning quyidagi kompleks metodlaridan foydalanildi:

nazariy metodlar (tahlil, sintez, qiyosiy tahlil, umumlashtirish) yordamida tolerantlik,

bag‘rikenglik, madaniyatlararo muloqot va fuqarolik madaniyatiga oid ilmiy adabiyotlar

o‘rganildi;

empirik metodlar (kuzatish, suhbat, anketa so‘rovi, intervyu) orqali talabalarning

tolerantlikka oid qarashlari va munosabatlari aniqlashtirildi;

pedagogik diagnostika metodlari yordamida tolerantlik madaniyatining kognitiv,

emotsional va xulqiy komponentlari baholandi;

fokus-guruh suhbatlari orqali talabalarning madaniyatlararo munosabatlarga doir

fikrlari chuqur tahlil qilindi;

matematik-statistik metodlar yordamida olingan natijalar qayta ishlanib, ularning

ishonchlilik darajasi aniqlandi.

Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirildi. Tadqiqotda turli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan jami 450 nafar respondent ishtirok etdi. Shundan 380 nafari talabalar va 70 nafari professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘ldi. Respondentlar turli kurslar, hududlar va ijtimoiy guruhlar vakillaridan shakllantirildi.

Tadqiqot jarayoni uch bosqichda tashkil etildi:

Birinchi bosqich – diagnostik-tahliliy bosqich. Ushbu bosqichda tolerantlik madaniyatining nazariy asoslari o‘rganildi, mavjud ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi hamda talabalarning tolerantlik madaniyati darajasini aniqlashga qaratilgan diagnostik vositalar ishlab chiqildi.

Ikkinchi bosqich – empirik tadqiqot bosqichi. Mazkur bosqichda so‘rovnomalar, suhbatlar, kuzatishlar va fokus-guruhlar tashkil etilib, talabalarning tolerantlik madaniyati darajasi hamda unga ta’sir etuvchi omillar aniqlandi.

Uchinchi bosqich – yakuniy-tahliliy bosqich. Ushbu bosqichda olingan natijalar matematik-statistik jihatdan qayta ishlanib, tolerantlik madaniyatining shakllanganlik darajasi bo‘yicha xulosalar chiqarildi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadqiqot davomida tolerantlik madaniyatining shakllanganlik darajasi quyidagi mezonlar asosida baholandi:

tolerantlik va bag‘rikenglik haqidagi bilimlar darajasi;

boshqa millat va madaniyat vakillariga nisbatan munosabat;

madaniyatlararo muloqotga tayyorlik;

nizoli vaziyatlarda konstruktiv xulq-atvor namoyon etish;

ijtimoiy hamkorlik va jamoaviy faoliyatdagi ishtirok.

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qo‘llanilgan metodlarning ilmiy asoslanganligi, respondentlar sonining yetarliligi, diagnostik vositalarning validligi hamda matematikstatistik tahlil usullaridan foydalanilganligi bilan ta’minlandi. Shuningdek, olingan natijalar tolerantlik va madaniyatlararo muloqot sohasidagi mahalliy hamda xorijiy tadqiqotlar bilan qiyosiy tahlil qilinib, ularning ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab berildi.

O‘tkazilgan ilmiy-nazariy tahlil hamda pedagogik diagnostika natijalari shuni ko‘rsatdiki, oliy ta’lim muassasalarida talabalarning tolerantlik madaniyatini shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida talabalarning tolerantlik madaniyati kognitiv, emotsional-qadriyatli va xulqiy-faoliyatli komponentlar asosida baholandi hamda ularning shakllanganlik darajasi aniqlandi.

Tajriba-sinov ishlari davomida turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar, kuzatishlar va diagnostik testlar o‘tkazildi. Tadqiqot jarayonida talabalarning millatlararo munosabatlar, madaniyatlararo muloqot, diniy bag‘rikenglik va fuqarolik hamjihatligiga oid qarashlari hamda amaliy xulq-atvorlari o‘rganildi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tadqiqotda ishtirok etgan talabalarning tolerantlik madaniyati darajasida quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etildi: Daraja Tadqiqot boshida Tadqiqot yakunida

Yuqori 23,4 % 39,8 %

O‘rta 54,6 % 47,2 %

Past 22,0 % 13,0 %

Olingan natijalar quyidagilarni ko‘rsatadi:

tolerantlik madaniyatining yuqori darajasi 16,4 foizga oshdi;

tolerantlikning past darajadagi ko‘rsatkichlari 9 foizga kamaydi;

talabalarning madaniyatlararo muloqotga tayyorligi sezilarli darajada yaxshilandi;

boshqa millat va din vakillariga nisbatan ijobiy munosabat kuchaydi;

nizoli vaziyatlarni tinch va konstruktiv hal qilish ko‘nikmalari rivojlandi;

talabalarning ijtimoiy faolligi hamda jamoaviy ishlardagi ishtiroki ortdi.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, tolerantlik madaniyatining rivojlanishiga ta’lim muassasasidagi ijobiy ma’naviy muhit, madaniyatlararo muloqot imkoniyatlari, jamoaviy faoliyatlar va tarbiyaviy tadbirlar sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Ayniqsa, talabalarni turli millat va madaniyat vakillari bilan hamkorlikka jalb etish, munozara va debatlar tashkil etish, ijtimoiy loyihalarda ishtirokini ta’minlash tolerantlik kompetensiyalarining rivojlanishiga xizmat qilgan.

Tadqiqot natijalari tolerantlik madaniyatining tarkibiy qismlari bo‘yicha ham ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Jumladan:

kognitiv komponent bo‘yicha talabalarning tolerantlik va bag‘rikenglik haqidagi

bilimlari kengaydi;

emotsional-qadriyatli komponent bo‘yicha boshqa insonlarga nisbatan hurmat va

empatiya darajasi oshdi;

xulqiy-faoliyatli komponent bo‘yicha tolerant xulq-atvor va madaniyatlararo hamkorlik

ko‘nikmalari rivojlandi.

Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida tolerantlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatning samaradorligini tasdiqladi. Tolerantlikka yo‘naltirilgan ta’limiy va tarbiyaviy ishlar talabalar shaxsida bag‘rikenglik, fuqarolik mas’uliyati, ijtimoiy hamkorlik va madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi aniqlandi. Mazkur natijalar tolerantlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha takomillashtirilgan metodik tizimni ta’lim amaliyotiga keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.

Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida talabalarda tolerantlik madaniyatini shakllantirish dolzarb pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Tolerantlik madaniyati shaxsning boshqa millat, din, madaniyat va dunyoqarash vakillariga nisbatan hurmat, bag‘rikenglik, hamkorlik va o‘zaro tushunish tamoyillari asosida munosabatda bo‘lishini ta’minlovchi muhim ijtimoiy-pedagogik sifatdir. Zamonaviy globallashuv jarayonlari, axborot oqimlarining jadallashuvi hamda madaniyatlararo aloqalarning kengayishi yoshlarning tolerantlik kompetensiyalarini rivojlantirish zaruratini yanada kuchaytirmoqda.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tolerantlik madaniyati murakkab integrativ tuzilishga ega bo‘lib, u kognitiv, emotsional-qadriyatli va xulqiy-faoliyatli komponentlarning o‘zaro uyg‘unligi asosida namoyon bo‘ladi. Kognitiv komponent talabalarning tolerantlik, bag‘rikenglik, inson huquqlari, millatlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot haqidagi bilimlarini ifodalasa, emotsional-qadriyatli komponent boshqa insonlarga nisbatan hurmat, hamdardlik va ijobiy munosabatlarni aks ettiradi. Xulqiy-faoliyatli komponent esa talabalarning kundalik hayotda tolerant xulq-atvorni namoyon etishi, nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal qilishi hamda ijtimoiy hamkorlikda faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi.

Shuningdek, tadqiqot davomida O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining tarbiyaviy imkoniyatlari ham alohida ahamiyat kasb etishi aniqlandi. Mazkur fan orqali talabalarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, fuqarolararo hamjihatlik va insonparvarlik siyosatining mazmun-mohiyatini chuqur anglash imkoniyati yaratiladi. Fan mazmunida aks etgan tarixiy tajribalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar talabalar ongida tolerantlik madaniyatini shakllantirish uchun muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Shu asosda, oliy ta’lim muassasalarida tolerantlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus pedagogik dasturlarni ishlab chiqish, ta’lim jarayoniga innovatsion metodlarni keng joriy etish, madaniyatlararo muloqotga asoslangan loyihalarni ko‘paytirish hamda tolerantlik kompetensiyalarini baholashning zamonaviy diagnostik tizimini takomillashtirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Kelgusida tolerantlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini yanada chuqurroq tadqiq etish, ularni turli fanlar va ta’lim bosqichlari kesimida integratsiyalash hamda raqamli ta’lim muhitida qo‘llash istiqbolli ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. BMT Tolerantlik tamoyillari deklaratsiyasi. – Parij: UNESCO, 1995.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.

3. Allport G.W. The Nature of Prejudice. – Cambridge: Addison-Wesley, 1954. – 537

p.

4. Walzer M. On Toleration. – New Haven: Yale University Press, 1997. – 126 p.

5. Soldatova G.U., Shaygerova L.A. Psixodiagnostika tolerantnosti lichnosti. –

Moskva: Smysl, 2008. – 172 s.

6. Yo‘ldoshev A.Q. Yoshlarda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish. – Toshkent:

Fan, 2019. – 180 b.

7. Qosimov N.N. Oliy ta’limda tolerantlik tarbiyasi: nazariya va amaliyot. – Toshkent:

TDPU nashriyoti, 2021. – 220 b.

8. Mavlonova R.A. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. – 528 b.

9. Quronov M. Milliy tarbiya va yoshlar ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2019. –

256 b.

10. Mahkamov U. Shaxs ma’naviyatini shakllantirishning pedagogik asoslari. –

Toshkent: Fan, 2017. – 224 b.

11. Egamberdiyeva N.M. Ijtimoiy pedagogika. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

kutubxonasi nashriyoti, 2020. – 320 b.

12. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Sano-

standart, 2022. – 416 b.

13. Banks J.A. An Introduction to Multicultural Education. – Boston: Pearson, 2014. –

192 p.

14. Bennett M.J. Towards Ethnorelativism: A Developmental Model of Intercultural

Sensitivity // Education for the Intercultural Experience. – 1993. – P. 21–71.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.