ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA BIOKIMYO FANINI VIRTUAL LABORATORIYA VOSITASIDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (FARMATSIYA YO‘NALISHI MISOLIDA): ADABIYOTLAR TAHLILI.

Аннотация

mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida, xususan farmatsiya yo‘nalishida biokimyo fanini o‘qitishda virtual laboratoriya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va metodik asoslari tahlil qilingan. Xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar asosida virtual laboratoriya muhitlarining talabalarda molekulyar jarayonlarni tushunish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishdagi o‘rni o‘rganilgan. Shuningdek, virtual laboratoriyalarni an’anaviy ta’lim bilan integratsiyalashning samarali metodik yondashuvlari yoritilgan. Tahlillar natijasida virtual laboratoriya vositalaridan foydalanish biokimyo fanini o‘qitish sifatini oshirish va kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlangan.


в данной статье проанализированы педагогические и методические основы использования технологий виртуальных лабораторий при преподавании биохимии в учреждениях высшего образования, в частности по направлению фармации. На основе зарубежной и отечественной научной литературы исследована роль виртуальных лабораторных сред в формировании у студентов понимания молекулярных процессов, практических навыков и самостоятельной учебной деятельности. Также рассмотрены эффективные методические подходы интеграции виртуальных лабораторий с традиционным обучением. Результаты анализа показывают, что использование виртуальных лабораторных технологий способствует повышению качества преподавания биохимии и развитию профессиональных компетенций.

Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

YO‘NALISHI MISOLIDA): ADABIYOTLAR TAHLILI.

Mamadaliyeva Zarina Raxmat qizi, Nizomiy nomidagi OʻzMPU mustaqil izlanuvchi DcS.

Annotatsiya

KIRISH

mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida, xususan farmatsiya yo‘nalishida biokimyo fanini o‘qitishda virtual laboratoriya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va metodik asoslari tahlil qilingan. Xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar asosida virtual laboratoriya muhitlarining talabalarda molekulyar jarayonlarni tushunish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishdagi o‘rni o‘rganilgan. Shuningdek, virtual laboratoriyalarni an’anaviy ta’lim bilan integratsiyalashning samarali metodik yondashuvlari yoritilgan. Tahlillar natijasida virtual laboratoriya vositalaridan foydalanish biokimyo fanini o‘qitish sifatini oshirish va kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlangan.

MAQSAD

farmatsiya yo‘nalishida biokimyo fanini o‘qitishda virtual laboratoriya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va metodik asoslarini tahlil qilish.

MATERIALLAR VA METODLAR

tadqiqotda virtual laboratoriyalar, biokimyo ta’limi va raqamli pedagogikaga oid xorijiy hamda mahalliy ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi. Tahliliy, qiyosiy va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

tadqiqot natijalari virtual laboratoriya muhitlari talabalarning molekulyar jarayonlarni chuqurroq tushunishi, amaliy ko‘nikmalarni egallashi va mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Shuningdek, virtual laboratoriyalarni an’anaviy ta’lim bilan integratsiyalash o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishi va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilishi asoslandi.

XULOSA

virtual laboratoriya texnologiyalaridan foydalanish biokimyo fanini o‘qitish sifatini oshirishning samarali vositasi bo‘lib, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: biokimyo, virtual laboratoriya, farmatsiya ta’limi, raqamli ta’lim, simulyatsiya, pedagogik texnologiyalar, oliy ta’lim.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ БИОХИМИИ С

ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ВИРТУАЛЬНОЙ ЛАБОРАТОРИИ В ВЫСШИХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ (НА ПРИМЕРЕ НАПРАВЛЕНИЯ

«ФАРМАЦИЯ»): АНАЛИЗ ЛИТЕРАТУРЫ.

З.Р. Мамадалиева, Национальный педагогический университет Узбекистана имени Низами независимый исследователь (DSc).

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

в данной статье проанализированы педагогические и методические основы использования технологий виртуальных лабораторий при преподавании биохимии в учреждениях высшего образования, в частности по направлению фармации. На основе зарубежной и отечественной научной литературы исследована роль виртуальных лабораторных сред в формировании у студентов понимания молекулярных процессов, практических навыков и самостоятельной учебной деятельности. Также рассмотрены эффективные методические подходы интеграции виртуальных лабораторий с традиционным обучением. Результаты анализа показывают, что использование виртуальных лабораторных технологий способствует повышению качества преподавания биохимии и развитию профессиональных компетенций.

ЦЕЛЬ

проанализировать педагогические и методические основы использования технологий виртуальных лабораторий при преподавании биохимии студентам фармацевтического направления.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в исследовании проанализированы зарубежные и отечественные научные источники по виртуальным лабораториям, обучению биохимии и цифровой педагогике. Использованы аналитический, сравнительный и системный методы.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

результаты исследования показали, что виртуальные лабораторные среды способствуют более глубокому пониманию молекулярных процессов, формированию практических навыков и развитию самостоятельной учебной деятельности студентов. Установлено, что интеграция виртуальных лабораторий с традиционным обучением повышает эффективность образовательного процесса и способствует развитию профессиональных компетенций.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

использование технологий виртуальных лабораторий является эффективным средством повышения качества преподавания биохимии и способствует развитию профессиональных компетенций студентов.

Ключевые слова: биохимия, виртуальная лаборатория, фармацевтическое образование, цифровое обучение, симуляция, педагогические технологии, высшее образование.

IMPROVING THE METHODOLOGY OF TEACHING BIOCHEMISTRY THROUGH

VIRTUAL LABORATORIES IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS (A CASE OF

PHARMACY EDUCATION): A LITERATURE REVIEW.

Zarina R. Mamadaliyeva, Nizami National Pedagogical University of Uzbekistan Independent Researcher (DSc) Candidate.

Annotation

INTRODUCTION

this article analyzes the pedagogical and methodological foundations of using virtual laboratory technologies in teaching biochemistry in higher education institutions, particularly in pharmacy education. Based on both international and local scientific literature, the role of virtual laboratory environments in enhancing students’ understanding of molecular processes, developing practical skills, and improving independent learning activities is examined. In addition, effective methodological approaches for integrating virtual laboratories with traditional teaching methods are discussed. The analysis shows that the use of virtual laboratory tools significantly improves the quality of biochemistry education and contributes to the development of professional competencies.

AIM

to analyze the pedagogical and methodological foundations of using virtual laboratory technologies in teaching biochemistry to pharmacy students.

MATERIALS AND METHODS

the study analyzed national and international scientific literature on virtual laboratories, biochemistry education, and digital pedagogy. Analytical, comparative, and systematic approaches were applied.

DISCUSSION AND RESULTS

the findings revealed that virtual laboratory environments enhance students’ understanding of molecular processes, support the development of practical skills, and foster independent learning. Integrating virtual laboratories with traditional instruction was found to improve educational effectiveness and contribute to the development of professional competencies.

CONCLUSION

the use of virtual laboratory technologies is an effective means of improving the quality of biochemistry education and contributes to the development of students’ professional competencies.

Keywords: biochemistry, virtual laboratory, pharmacy education, digital learning, simulation, pedagogical technologies, higher education.

So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy aetish ta’lim sifatini oshirishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, tibbiyot va farmatsiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish zarurati tobora ortib bormoqda. Biokimyo fani ushbu yo‘nalishlarda fundamental fan sifatida muhim o‘rin egallab, tirik organizmlarda kechadigan molekulyar va hujayraviy jarayonlarni o‘rganadi. Ushbu fan metabolizm, fermentativ reaksiyalar, oqsillar, nuklein kislotalar va bioenergetik jarayonlar kabi murakkab mavzularni o‘z ichiga olganligi sababli, uni o‘zlashtirish talabalardan chuqur nazariy bilim va rivojlangan fazoviy tasavvurni talab etadi.

Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, biokimyo fanining ko‘plab mavzulari abstrakt xarakterga ega bo‘lib, ularni an’anaviy o‘qitish usullari yordamida to‘liq tushuntirish har substrat o‘zaro ta’siri, DNK replikatsiyasi va oqsil biosintezi kabi mavzularni talabalar tomonidan tushunish qiyinchilik tug‘diradi. Bunday holatlarda talabalarning o‘quv motivatsiyasi pasayishi va nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda muammolar yuzaga kelishi kuzatiladi.

Zamonaviy pedagogik tadqiqotlarda ushbu muammolarni hal etishning samarali yo‘llaridan biri sifatida virtual laboratoriya texnologiyalaridan foydalanish taklif etilmoqda. Virtual laboratoriyalar real laboratoriya sharoitini kompyuter muhitida modellashtirish orqali talabalarga xavfsiz, interaktiv va takrorlanadigan tajriba muhitini yaratadi. Bu esa nafaqat laboratoriya jarayonlarini chuqurroq tushunishga, balki mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Xalqaro ilmiy tadqiqotlarda virtual laboratoriyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalasi keng o‘rganilgan bo‘lib, ularning samaradorligi bir qator mualliflar tomonidan tasdiqlangan. Jumladan, virtual muhitlar murakkab biokimyoviy jarayonlarni vizuallashtirish, eksperimentlarni xavfsiz sharoitda takrorlash va individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish imkonini berishi ta’kidlanadi. Shu bilan birga, virtual laboratoriyalar an’anaviy laboratoriya mashg‘ulotlarini to‘liq almashtirmasligi, balki ularni to‘ldiruvchi va boyituvchi didaktik vosita sifatida qaralishi lozimligi qayd etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida ham oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish, elektron ta’lim platformalarini joriy etish hamda innovatsion pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda biokimyo fanini o‘qitishda virtual laboratoriya texnologiyalarini qo‘llash masalasi dolzarb ilmiy-amaliy muammo sifatida qaralmoqda. Biroq farmatsiya yo‘nalishida biokimyo fanini aynan virtual laboratoriyalar asosida o‘qitish metodikasini kompleks o‘rganish va takomillashtirish masalasi yetarli darajada ilmiy tadqiq etilmagan.

Shu munosabat bilan mazkur maqolaning maqsadi farmatsiya yo‘nalishida biokimyo fanini o‘qitishda virtual laboratoriya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va metodik asoslarini ilmiy adabiyotlar tahlili asosida o‘rganish hamda ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning samarali yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat.

Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, virtual laboratoriya vositalaridan foydalanish orqali talabalarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyati sezilarli darajada oshadi. Shu bilan birga, bu yondashuv farmatsiya mutaxassislarining zamonaviy raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Biokimyo fanini o‘qitishda virtual laboratoriya texnologiyalaridan foydalanish so‘nggi yillarda ta’lim tadqiqotlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Biokimyoviy jarayonlarning molekulyar darajada kechishi va ularning bevosita kuzatib bo‘lmasligi ushbu fanni o‘zlashtirishda talabalarda qiyinchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli zamonaviy pedagogik yondashuvlarda raqamli vizualizatsiya va simulyatsiya texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi [1].

Mayer tomonidan ishlab chiqilgan multimedia o‘qitish nazariyasi vizual va verbal axborotning integratsiyasi orqali kognitiv yuklamani kamaytirish va o‘quv samaradorligini oshirish mumkinligini asoslaydi [2]. Ushbu nazariya biokimyo fanida fermentativ reaksiyalar va metabolik jarayonlarni tushuntirishda muhim didaktik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Johnstone tomonidan taklif etilgan kimyo ta’limining uch darajali modeli (makroskopik, submikroskopik va simvolik) biokimyo ta’limi uchun ham dolzarb hisoblanadi [3]. Talabalarning asosiy qiyinchiligi submikroskopik darajadagi jarayonlarni tasavvur qilish bilan bog‘liq bo‘lib, virtual laboratoriyalar aynan shu bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiladi.

Taberning ilmiy ishlari kimyoviy tasavvurlar va ularning o‘quvchilarda shakllanish jarayonini tahlil qilib, reprezentatsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi [4].

De Jong va hamkorlari virtual laboratoriyalar tabiiy fanlar ta’limida real laboratoriyani to‘ldiruvchi samarali vosita ekanligini asoslab bergan [5]. Virtual muhit tajribalarni xavfsiz sharoitda ko‘p marta takrorlash imkonini beradi.

Brinson tadqiqotlari virtual laboratoriyalar va an’anaviy laboratoriya o‘rtasida o‘quv natijalari jihatidan sezilarli farq yo‘qligini, biroq virtual muhit ko‘proq moslashuvchanlik ta’minlashini ko‘rsatadi [6].

Makransky va Petersen virtual va immersiv texnologiyalar talabalarning motivatsiyasi va kognitiv faolligini oshirishini aniqlagan [7].

Huang va hamkorlar tomonidan o‘tkazilgan meta-tahlil virtual laboratoriyalar ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshirishini tasdiqlagan [8].

Sapriati va hamkorlar virtual laboratoriyalar talabalarda self-regulated learning (mustaqil ta’limni boshqarish) kompetensiyasini rivojlantirishini ko‘rsatadi [9].

Lateef simulyatsion ta’lim klinik fikrlashni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi [10–11].

UNESCO va OECD hisobotlarida raqamli ta’lim transformatsiyasi oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan [12].

RSC va ACS tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kimyo va biokimyo ta’limida raqamli vositalarning keng joriy etilishi o‘quv samaradorligini oshirishini tasdiqlaydi [13– 18].

Zimba va hamkorlar farmatsiya ta’limida virtual simulyatsiyalar klinik kompetensiyalarni shakllantirishda samarali ekanligini ko‘rsatgan [19]. 1-JADVAL. Biokimyo fanini virtual laboratoriya asosida o‘qitishda qo‘llaniladigan raqamli vositalar va ularning didaktik imkoniyatlari Virtual laboratoriyalar

Labster, PhET,

PraxiLabs

Ferment kinetikasi,

metabolik jarayonlar,

DNK replikatsiyasi

Xavfsiz tajriba,

takrorlash, interaktiv

o‘rganish Molekulyar

BioDigital Human,

PyMOL, Chimera

Oqsillar, fermentlar,

biomolekulalar tuzilishi

3D tasavvur,

strukturaviy tahlil Simulyatsion platformalar PhET Simulations Reaksiya tezligi, diffuziya,

osmos

Dinamik model,

kognitiv tushunish LMS tizimlari Moodle, Google

Classroom

Nazariy modul, test,

mustaqil ish

O‘quv jarayonini

boshqarish Multimedia resurslar

Video, animatsiya,

interaktiv darslar

Metabolik sikllar (Krebs,

glikoliz)

Vizual tushuntirish,

motivatsiya

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida raqamli ta’limni joriy etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar LMS platformalar va virtual laboratoriyalar mustaqil ta’lim sifatini oshirishini tasdiqlaydi [20].

Umuman olganda, tahlil qilingan ilmiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, virtual laboratoriyalar biokimyo fanini o‘qitishda uch asosiy funksiyani bajaradi: molekulyar jarayonlarni vizualizatsiya qilish, eksperimental faoliyatni modellashtirish va mustaqil ta’lim kompetensiyalarini rivojlantirish.

Olib borilgan adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, farmatsiya yo‘nalishida biokimyo fanini o‘qitishda virtual laboratoriya texnologiyalaridan foydalanish ta’lim jarayonining sifatini sezilarli darajada oshiruvchi pedagogik omil hisoblanadi. Virtual laboratoriyalarni qo‘llash natijasida talabalarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish tezligi hamda mustaqil ta’lim faoliyatining samaradorligi oshishi kuzatiladi [1–4].

Birinchi natija sifatida, virtual laboratoriyalar biokimyoviy jarayonlarni vizuallashtirish imkoniyatini kengaytiradi. Ferment-substrat kompleksining hosil bo‘lishi, ATP sintezi, glikoliz va Krebs sikli kabi murakkab metabolik jarayonlar an’anaviy o‘qitishda faqat sxematik tarzda tushuntiriladi. Virtual muhit esa ushbu jarayonlarni dinamik model ko‘rinishida ko‘rsatib, talabalarda submikroskopik darajadagi tasavvurni shakllantiradi. Bu esa Johnstone modeli bo‘yicha konseptual bo‘shliqni kamaytiradi [5].

Ikkinchi natija shuni ko‘rsatadiki, virtual laboratoriyalar talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantiradi. An’anaviy laboratoriya sharoitida vaqt, reagentlar va xavfsizlik cheklovlari mavjud bo‘lsa, virtual laboratoriyada tajribalar cheklanmagan miqdorda takrorlanishi mumkin. Bu esa xatolarni tahlil qilish va eksperimental fikrlashni rivojlantirishga imkon yaratadi [6].

Uchinchi natija sifatida, virtual laboratoriyalar talabalarning mustaqil o‘qish (selfregulated learning) ko‘nikmalarini rivojlantiradi. LMS platformalar va simulyatsion dasturlar yordamida talabalar o‘z o‘quv trayektoriyasini mustaqil boshqarish, topshiriqlarni rejalashtirish va natijalarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu farmatsiya mutaxassisining klinik fikrlashini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi [7].

To‘rtinchi natija shuni ko‘rsatadiki, virtual laboratoriyalar talabalarning o‘quv motivatsiyasini oshiradi. Interaktivlik, gamifikatsiya elementlari va vizual effektlar talabalarning dars jarayoniga qiziqishini kuchaytiradi. Bu ayniqsa murakkab biokimyoviy jarayonlarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega [8]. 2-JADVAL. An’anaviy va virtual laboratoriya asosidagi biokimyo ta’limining qiyosiy tahlili Jarayonni tushunish Ko‘proq nazariy, cheklangan

3D va interaktiv Xavfsizlik Kimyoviy xavf mavjud To‘liq xavfsiz muhit Tajriba takrorlanishi Cheklangan Cheksiz takrorlash

mumkin Xarajat Yuqori (reagent, jihozlar) Past yoki nol Talaba faolligi O‘rtacha Yuqori interaktivlik Mustaqil ta’lim Cheklangan Kuchli rivojlanadi Kompetensiya shakllanishi Amaliy ko‘nikma asosiy Nazariy + amaliy

integratsiya

Olingan natijalar asosida farmatsiya yo‘nalishida biokimyo fanini o‘qitishning integratsiyalashgan metodik modeli ishlab chiqildi. Ushbu model quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

1. Nazariy materiallarni multimedia asosida taqdim etish

2. Molekulyar jarayonlarni virtual modellashtirish

3. Virtual laboratoriyada eksperimental faoliyatni amalga oshirish

4. LMS platformalar orqali mustaqil ta’limni tashkil etish

5. Avtomatlashtirilgan test va simulyatsion baholash tizimi

Mazkur modelning afzalligi shundaki, u ta’lim jarayonining uch asosiy komponentini — nazariya, amaliyot va mustaqil ta’limni yagona raqamli ekotizimga birlashtiradi.

Muhokama natijalari shuni ko‘rsatadiki, virtual laboratoriyalar an’anaviy laboratoriya ta’limini to‘liq almashtira olmaydi, biroq uni sezilarli darajada boyitadi va samaradorligini oshiradi. Brinson tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ham ushbu fikrni tasdiqlab, eng samarali yondashuv sifatida gibrid model (real + virtual laboratoriya)ni tavsiya qiladi [9].

Shuningdek, farmatsiya ta’limida klinik kompetensiyalarni shakllantirishda virtual simulyatsiyalar muhim o‘rin tutadi. Talabalar real klinik vaziyatlarga yaqin muhitda qaror qabul qilish, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bu esa kelajakdagi kasbiy faoliyatda muhim ahamiyatga ega [10].

Umuman olganda, natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, virtual laboratoriyalar asosida biokimyo fanini o‘qitish talabalarning bilim darajasini oshirish, amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish va mustaqil o‘quv faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Olib borilgan adabiyotlar tahlili va natijalar muhokamasi shuni ko‘rsatadiki, farmatsiya yo‘nalishida biokimyo fanini virtual laboratoriya texnologiyalari asosida o‘qitish ta’lim jarayonining sifatini sezilarli darajada oshiradi. Virtual laboratoriyalar talabalarga murakkab biokimyoviy jarayonlarni vizual va interaktiv shaklda o‘zlashtirish imkonini berib, ularning nazariy bilimlarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Tahlillar natijasida virtual laboratoriya muhitlarining quyidagi asosiy pedagogik afzalliklari aniqlandi: biokimyoviy jarayonlarni modellashtirish orqali submikroskopik darajadagi tushunchalarni shakllantirish; laboratoriya xavfsizligini ta’minlash; tajribalarni cheklanmagan miqdorda takrorlash imkoniyati; hamda talabalarning mustaqil o‘qish (selfregulated learning) kompetensiyalarini rivojlantirish.

Shuningdek, virtual laboratoriyalarni LMS platformalari va multimedia texnologiyalari bilan integratsiyalashgan holda qo‘llash ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi hamda individual o‘quv trayektoriyasini shakllantirishga imkon beradi. Bu esa farmatsiya yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.

Biroq tahlillar shuni ham ko‘rsatdiki, virtual laboratoriyalar an’anaviy laboratoriya mashg‘ulotlarini to‘liq almashtira olmaydi. Eng yuqori pedagogik samaradorlik virtual va real laboratoriya mashg‘ulotlarini uyg‘unlashtirgan gibrid yondashuv asosida erishiladi.

Umuman olganda, biokimyo fanini virtual laboratoriya asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish zamonaviy raqamli ta’lim sharoitida dolzarb yo‘nalish bo‘lib, u ta’lim sifatini oshirish, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mamadaliyeva Z.R. Пути применения виртуальной лаборатории студентами в

сфере фармацевтичуского образования // Qo‘qon davlat pedagogika instituti

ilmiy xabarlari. –Qo‘qon, 2025. -№4. – B.1139-1145. (OAK Rayosatining

31.03.2021 sanadagi №01-07/1368-sonli qarori).

2. Mamadaliyeva Z.R. Tibbiyot oliy ta’lim muasssalarida biokimyo fanini o‘qitishda

wort-based learning metodikasini qo‘lllash // Мaktabgacha va maktab ta’limi.

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti –Toshkent, 2025. -№8. – B.153-158.

(OAK Kengashi tavsiyasi (26.08.2024-y., №11-05-4381/01. rayosat qarori

31.010.2024-y. №363/5, 13.00.00.).

3. Mamadaliyeva Z.R. Paзработка и внедредрение виртуальных лабораторных

работ по биохимии для студентов фармацевтических факультетов

//Мaktabgacha va maktab ta’limi. O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti –

Toshkent, 2025. -№8. – B.222-226. (13.00.00., ). https://maktabgacha-va-maktab

talimijurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1869

4. Mamadaliyeva Z.R. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida farmatsiya talabalariga

metakognitiv metodikasini o‘qitishni takomillashtirish// Development of science. –

Buxoro, 2025. -№7. – B.45-50. OAK Rayosatining 2024 yil 27 sentyabrdagi 361-

son qarori. https://devos.uz/article.php?id=1406

5. Mamadaliyeva Z.R. Oliy tibbiyot muassasalarining farmatsiya fakultet talabalari

uchun virtual laboratoriyada biokimyoni o‘qitish metodikasi // Buxoro davlat

pedagogika instituti ilmiy-nazariy va metodik jurnal. –Buxoro, 2025. -№3. – B.128-

135. OAK Rayosatining 2024 yil 31-yanvardagi 350-son qarori) (13.00.00., ).

6. Mamadaliyeva Z.R. Kreativlik asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish //

Development of science. –Buxoro, 2026. -№1. -B.215-222. OAK Rayosatining

2024 yil 27 sentyabrdagi 361-son qarori. https://devos.uz/article.php?id=3397

7. Mamadaliyeva Z.R. Improvement of virtual laboratory teaching methodology in

higher medical education institutions based on information technologies//.

European International Journal of Pedagogics (ISSN: 2751-OOOX)./ VOLUME:

83.https://eipublication.com/index.php/eijp/article/view/4526

8. Mamadaliyeva Z.R. Methodology for teaching biochemistry to students of the

faculty of pharmacy using virtual laboratory information // International jurnal of

pedagogics. Международный журнал педагогики. ISSN: 2771-2281. 2025/4.

P:288-291. https://theusajournals.com/index.php/ijp/article/view/5424

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.