ResearcherUz LogoResearcherUz

О‘ZBEKISTONDA MADANIY TADBIR VA FESTIVALLAR YORDAMIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY TENDENSIYALARI.

Аннотация

mazkur maqolada О‘zbekistonda turizm sohasini madaniy tadbirlar va festivallar orqali rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari haqida sо‘z yuritiladi. Shu bilan birga, festivallarning iqtisodiy samaradorligi, hududlarning turistik jozibadorligini oshirishdagi о‘rnini shakllantirish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarning rivojlanishi va О‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini mustahkamlash borasidagi tashabbuslar о‘rganilgan. Madaniy tadbirlarni tizimli tashkil etish va ularni turistik mahsulotga integratsiyalash bо‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.


в данной статье рассматриваются современные тенденции развития сферы туризма в Узбекистане через проведение культурных мероприятий и фестивалей. Также освещаются механизмы формирования экономической эффективности фестивалей и их роль в повышении туристической привлекательности регионов. В работе изучены инициативы по развитию международного сотрудничества и укреплению туристического потенциала Узбекистана. Разработаны практические рекомендации по системной организации культурных мероприятий и их интеграции в туристический продукт.

Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY TENDENSIYALARI.

Rustamov Muhammad Tolibjon oʻgʻli, Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat va san’at menejmenti” kafedrasi oʻqituvshisi, mustaqil izlanuvchi.

Annotatsiya

KIRISH

mazkur maqolada О‘zbekistonda turizm sohasini madaniy tadbirlar va festivallar orqali rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari haqida sо‘z yuritiladi. Shu bilan birga, festivallarning iqtisodiy samaradorligi, hududlarning turistik jozibadorligini oshirishdagi о‘rnini shakllantirish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarning rivojlanishi va О‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini mustahkamlash borasidagi tashabbuslar о‘rganilgan. Madaniy tadbirlarni tizimli tashkil etish va ularni turistik mahsulotga integratsiyalash bо‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

MAQSAD

O‘zbekistonda turizm sohasini madaniy tadbirlar va festivallar orqali rivojlantirishning ahamiyati hamda istiqbollarini tahlil qilish.

MATERIALLAR VA METODLAR

tadqiqotda turizm va madaniyat sohasiga oid ilmiy manbalar, statistik ma’lumotlar hamda amaldagi tajribalar tahlil qilindi. Tahliliy va qiyosiy metodlardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

tadqiqot natijalari madaniy tadbirlar va festivallar hududlarning turistik jozibadorligini oshirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi.

XULOSA

Madaniy tadbirlar va festivallar turizmni rivojlantirishning samarali vositasi hisoblanadi. Ularni tizimli tashkil etish O‘zbekistonning turistik salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: turizm, madaniy tadbirlar, festivallar, turistik jozibadorlik, xalqaro hamkorlik, ijodiy faoliyat.

ОСНОВНЫЕ ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ

ПОСРЕДСТВОМ КУЛЬТУРНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ И ФЕСТИВАЛЕЙ.

Рустамов Мухаммад Толибжон угли, Узбекский государственный институт искусств и культуры, преподаватель кафедры «Менеджмент культуры и искусства», независимый исследователь.

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

в данной статье рассматриваются современные тенденции развития сферы туризма в Узбекистане через проведение культурных мероприятий и фестивалей. Также освещаются механизмы формирования экономической эффективности фестивалей и их роль в повышении туристической привлекательности регионов. В работе изучены инициативы по развитию международного сотрудничества и укреплению туристического потенциала Узбекистана. Разработаны практические рекомендации по системной организации культурных мероприятий и их интеграции в туристический продукт.

ЦЕЛЬ

Анализ значения и перспектив развития туристической отрасли Узбекистана посредством культурных мероприятий и фестивалей.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в исследовании были проанализированы научные источники, статистические данные и существующий опыт в сфере туризма и культуры. Использовались аналитический и сравнительный методы.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

результаты исследования показали, что культурные мероприятия и фестивали являются важным фактором повышения туристической привлекательности регионов, увеличения потока туристов и развития международного сотрудничества.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

культурные мероприятия и фестивали являются эффективным инструментом развития туризма. Их системная организация способствует дальнейшему укреплению туристического потенциала Узбекистана.

Ключевые слова: туризм, культурные мероприятия, фестивали, туристическая привлекательность, международное сотрудничество, творческая деятельность.

MAIN TRENDS IN TOURISM DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN THROUGH

CULTURAL EVENTS AND FESTIVALS.

Muhammad Tolibjon o‘g‘li Rustamov, Uzbek State Institute of Arts and Culture, Lecturer of the Department of Culture and Arts Management, Independent Researcher.

Annotation

INTRODUCTION

this article examines the modern trends in developing the tourism sector in Uzbekistan through cultural events and festivals. It highlights the mechanisms for ensuring the economic efficiency of festivals and their role in enhancing the tourism appeal of regions. Furthermore, the article explores initiatives related to the development of international cooperation and the strengthening of Uzbekistan’s tourism potential. Practical recommendations for the systematic organization of cultural events and their integration into tourism products have been developed.

AIM

to analyze the importance and prospects of developing tourism in Uzbekistan through cultural events and festivals.

MATERIALS AND METHODS

scientific sources, statistical data, and existing practices in the fields of tourism and culture were analyzed. Analytical and comparative methods were applied.

DISCUSSION AND RESULTS

the study revealed that cultural events and festivals are important factors in increasing regional tourism attractiveness, attracting more visitors, and strengthening international cooperation.

CONCLUSION

cultural events and festivals are effective tools for tourism development. Their systematic organization contributes to strengthening Uzbekistan’s tourism potential.

Keywords: tourism, cultural events, festivals, tourism appeal, international cooperation, creative activity.

Yangi О‘zbekiston turizm bozorida ham raqobat faqat tarixiy obidalar yoki tabiiy resurslar bilan cheklanib qolmay, taklif etilayotgan taassurotlar va madaniy voqelik sifati bilan ham о‘lchanmoqda. О‘zbekiston о‘z navbatida, boy madaniy merosi va kо‘p asrlik an’analarini zamonaviy turistik talablar bilan uyg‘unlashtirish orqali turizmni iqtisodiyotning drayver tarmog‘iga aylantirish yо‘lidan bormoqda. Bunda madaniyommaviy tadbirlar va xalqaro festivallar sayyohlarni jalb qilishning vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda jahon turizm industriyasida madaniy-ommaviy tadbirlar, jumladan, festivallar, konsertlar, sport musobaqalari, madaniy tadbirlar va an’anaviy kо‘rgazmalar sayyohlik oqimini shakllantiruvchi eng kuchli vositalardan biriga aylandi. Mamlakatimizda ham turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish va uni diversifikatsiya qilish jarayonida madaniy tadbirlar alohida о‘rin egallaydi.

Sayyohlik bugun yurtimizdagi istiqbolli sohalardan biriga aylandi. Sо‘nggi yillarda mamlakatimizning turizm eksporti 1,6 barobar oshib, 4 milliard dollarga yaqinlashdi. Bu raqam ortida mamlakatdagi faollik, tadbirkorlik muhiti va xizmat kо‘rsatish sohasidagi sifat о‘zgarishlari mujassam. Ya’ni turizm bugun nafaqat milliy iqtisodiyotning muhim ustuni, balki ijtimoiy barqarorlik omili va kо‘plab oilalarning daromad manbaiga aylanmoqda. Albatta, hech bir soha tashqi omillarsiz rivojlanishi qiyin.

Bugun yurtimizda tashqi investitsiyalarni sohalarga yо‘naltirish bо‘yicha qator ishlar qilinmoqda. Endi xalqaro moliya tashkilotlari, ishbilarmonlarning sarmoyasini mamlakatimizga yо‘naltirib, biznesini ochishi О‘zbekistonga ishonchidan darak. Har bir mamlakatning tarixi uning toshga muhrlangan obidalaridagina emas, balki avloddanavlodga о‘tib kelayotgan ruhiy xazinasi bо‘lmish, milliy bayramlar va festivallarda yashaydi. Bugungi sayyoh me’moriy obidalarni tomosha qilish bilan cheklanmaydi, u о‘zini о‘sha xalq madaniyatining bir bо‘lagi sifatida his etishni, ularning shodu xurramligiga sherik bо‘lishni istaydi. Milliy bayram va festivallar turizmning jozibador yuragi, sayyohlarni sehrli olamga yetaklaydigan ma’naviy kо‘prik vazifasini о‘tashi kerak. Ular sayyohlik oqimini ham harakatga keltiruvchi kuch, ham yurtning о‘zgacha jozibasini, qadriyatlarining nafosatini jahonga namoyish etuvchi yorqin sahnadir.

YUNESKO shafeligidagi madaniy meros va tabiiy boyliklar insoniyat tarixining tirik guvohlaridir. Samarqandning noyob imoratlaridan tortib, tog‘u toshlarimizdagi tabiat mо‘jizalarigacha bularning barchasi sayyohni о‘z bag‘riga chorlovchi sehrli magnit bо‘lib, har bir mehmonni о‘tmish va kelajakni tutashtiruvchi yorqin sayohatga yо‘llaydi. Asrlar osha muhofaza qilib kelinayotgan obidalar, о‘lmas milliy folklor va ruhiy ozuqa beruvchi festivallar xalqimizning madaniy qiyofasini jahonga namoyish etuvchi yuksak san’at namunalari hisoblanadi. Bunday noyob merosdan oqilona foydalanish va uni kelgusi avlodlarga asl holida yetkazish, turizmni ham iqtisodiy ham ma’naviy-ma’rifiy yuksalishga xizmat qiluvchi vazifaga aylantiradi.

О‘zbekistonning boy madaniy merosi va noyob an’analari xalqaro sayyohlik bozorida о‘ziga xos о‘ringa ega. Biroq, ushbu potensialni samarali kapitalizatsiya qilish uchun madaniy tadbirlarni shunchaki tomosha sifatida emas, yuksak turistik mahsulotning asosiy tarkibiy qismi sifatida loyihalashtirish talab etiladi. Davlatimiz rahbari IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida “Keling, birgalikda shunday investitsiya muhitini yarataylikki, u daromad keltirish bilan birga, inson qadrini ulug‘laydigan, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlaydigan va jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan mustahkam poydevorga aylansin!” deya ta’kidladi.

Sо‘nggi yillarda ichki turizmga e’tibor kuchaygani tufayli mahalliy sayyohlar soni 23 millionga yetgan. Madaniy meros obektlari restavratsiyasi va konservatsiyasi shunchaki binolarni ta’mirlash emas, balki xalqning о‘tmish bilan uzviy aloqasini tiklash, milliy о‘zlikni asrab qolish jarayonidir.

Sо‘nggi tо‘rt yilda 327 ta bunday obektda qayta tiklash ishlari bajarilgani davlatning madaniyatga, tarix va ma’naviyatga e’tiborining amaliy ifodasi. Mamlakatimizda turizm sohasini ri vojlantirishga qaratilgan keng qamrov li islohotlar orqali kelgusida sayyohlar sonini 15 millionga yetkazish va eksport qiymatini 4 milliard dollardan oshirish rejalashtirilmoqda. Rivojlanish har doim о‘zgarishni talab qiladi. Turizmning yuksalishi faqat davlat ning siyosiy irodasi va islohotlari bilan cheklanmay, har bir fuqaroning mas’uliyatli munosabatiga bog‘liq. Sayohatchilar madaniyati, tarixiy merosga ehtiyotkorlik va milliy qadriyatlarni saqlash sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi muhim omillardir. Shunday ekan, har birimiz turizmni faqat iqtisodiy manba emas, balki ma’naviy hamjamiyat barpo etish vositasi deb ham bilishimiz zarur[2:4].

Masalan birgina Samarqand viloyatini oladigan bо‘lsak, turizm kо‘rastkichlari g‘oyatda yuqori pog‘onaga kо‘tarilganligini kо‘rishimiz mumkin. Samarqand viloyatining turizm salohiyatini yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil boshidan mamlakatimizga kelgan xorijiy turistlar soni 27,3 foizga oshib, 5,4 million nafarga yetdi. О‘zbekiston xorijiy turistlar sonini 20 million nafarga, turizm eksportini 10 milliard dollarga yetkazish bо‘yicha katta marra olgan. Buning uchun hududlarda turistlarni uzoqroq ushlab qoladigan yangi yо‘nalishlar va servis obektlarini kо‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu maqsadda Samarqandning tarixiy markazidagi 13 ta kо‘chani piyodalar hududiga aylantirish, yangi turizm va servis obektlarini barpo etish tashabbusi qо‘llab-quvvatlandi.

Mazkur choralar natijasida Samarqand shahri, Nurobod va Samarqand tumanlarida mehmonxonalar sonini 850 taga, nomer fondini 20 ming о‘ringa, turizm xizmatlari haj mini 750 million dollarga yetkazish vazifasi qо‘yildi[3:1].

Samarqand viloyatida turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va hududning jozibadorligini oshirish strategiyasi xalqaro madaniy tadbirlar, xususan, an’anaviy "Sharq taronalari" festivalining samaradorligini yanada kuchaytiradi. Shahar markazida piyodalar hududlarini kengaytirish va servis obektlarini kо‘paytirish tashabbusi festival kunlarida minglab xorijiy mehmonlar uchun qulay muhit yaratib, ularning hududda qolish muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, Samarqandning sayyohlik salohiyatini oshirish bо‘yicha qо‘yilgan yangi marralar, ya’ni mehmonxonalar fondi va xizmatlar hajmini sezilarli darajada kengaytirish, “Sharq taronalari” kabi yirik tadbirlarning mavsumiyligini yumshatishga yordam beradi. Natijada, festival madaniy merosni targ‘ib qilibgina qolmay, yangi iqtisodiy kо‘rsatkichlarni, jumladan, mehmonxonalar bandligi va xizmatlar eksportini yangi pog‘onaga olib chiquvchi muhim iqtisodiy drayverga aylanadi. Shunday qilib, turizm infratuzilmasiga kiritilayotgan investitsiyalar va hudud ixtisoslashuvining kuchayishi “Sharq taronalari” festivalining xalqaro nufuzini oshirish bilan birga, Samarqandni dunyodagi yirik madaniy-turizm markazlaridan biri sifatidagi о‘rnini mustahkamlaydi.

Bu о‘z navbatida, О‘zbekistonning turizm eksportini 10 milliard dollarga yetkazish bо‘yicha belgilangan maqsadlarga erishishda muhim о‘rin tutadi.

Sahroning bepoyon bag‘rida, qum barxanlari ortida kо‘zgudek tovlanayotgan Aqchakо‘l bugungi kunda ijod ahlining muqaddas maskaniga aylanmoqda. Bugun Aqchakо‘l sahro bag‘ridagi turizmning yangi manzili. Tanlov san’atni namoyish etish maydoni va mehmonlar uchun eshik ochish, odamlarni shu yerga chorlashning eng gо‘zal vositasi hisoblanadi. Mehmon keldimi, demak, rivojlanish bor. Rivojlanish bormi, demak, hududning kelajagi porloq. Aqchakо‘l о‘z jozibasi bilan kо‘zni quvnatadi, insonni sayohatga, kashfiyotga undaydi. Ijod va san’at odamlarni birlashtirib, sahro bag‘rida infratuzilma gullashiga, servisning rivojlanishiga turtki bermoqda. Bugungi “ilhomlar” ertaga turizmning katta oqimiga aylanadi. San’at bor joyda hayot qaynaydi, hayot qaynagan joyda esa turizm о‘z-о‘zidan qad rostlaydi. Aqchakо‘l endi ijodkorlar va sayyohlarning umumiy manziliga, mamlakatimizning yana bir yorqin tashrif qog‘oziga aylanmoqda.

Orolning qurigan tubidagi yashil qoplamalar ekologik inqiroz uchun hayotiy yechim berdi. Shuning о‘ziyoq katta tarix yozishga arziydigan voqelikdir. Yangilanishlar izchilligi esa huquqiy asoslar bilan mustahkamlanib borildi. Oddiy misol, chо‘l hududlarda ham о‘ziga xos turizm maskanlari yaratildi. Birgina etno-ovullarni aytmaysizmi. Qarang, Orolning qurigan tubida tunab qolish mumkin ekan, qumda kuchli yо‘ltanlamas mashinalarda safari va ekstremal sayohatlar shu paytgacha xayoli mizning bir chekkasidan ham о‘tgan emasdi.

Qoraqalpog‘istonda sо‘nggi 2 yil ichi da sayyohlar uchun 10 dan ortiq dam olish maskani tashkil etildi. Xususan, Mо‘ynoq tumanida hozirgi Orol dengizi bо‘yida 1 million dollarlik turistlar dam olish maskani tashkil etilgan. Bu xususida quyi da yana tо‘xtalamiz.Yana bir misol, Ellikqal’adagi Aqchakо‘l bо‘yida qiymati 2,5 million dollarlik tu rizm rekreatsion zonasi hamda Nukus shahri da Ashshikо‘l bо‘yida qiymati 500 ming dollarlik turizm etno-ovuli tashkil etilibdi[4:3].

Milliy statistika agentligining 2026-yil 1-fevral holatidagi ma’lumotlariga kо‘ra, О‘zbekistonda turoperatorlar, turagentlar va sohaga xizmat kо‘rsatuvchi tashkilotlar soni 3 143 tani tashkil etdi[5:1].

Bu natijalar mamlakatimizning xalqaro sayyohlik bozoridagi mavqeini mustahkamlash hamda turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘i sifatida rivojlantirish borasidagi davlat siyosati samaradorligidan dalolat beradi. О‘tkazilgan tahlillar shuni kо‘rsatadiki, О‘zbekistonda madaniy tadbirlar va festivallar turizmni rivojlantirishda qudratli iqtisodiy mexanizm sifatida xizmat qiladi. Mazkur tadbirlar sayyohlarning hududlarda bо‘lish muddatini uzaytirish, mavsumiylik omilini yumshatish va mahalliy iqtisodiyotga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishda muhim о‘rin tutadi. Kelajakda turizmni madaniy tadbirlar orqali rivojlantirish uchun festivallarning marketing strategiyasini takomillashtirish, ularni raqamlashtirish hamda hududiy ixtisoslashuv bilan mustahkam bog‘lash maqsadga muvofiqdir.

Bu borada О‘zbekiston va “BMT Turizm” о‘rtasidagi hamkorlikning jadal rivojlanib borayotgani alohida ahamiyatga ega. 2023-yilda Samarqand shahrida Tashkilot Bosh Assambleyasining muvaffaqiyatli о‘tkazilishi, Xalqaro turizm akademiyasining tashkil etilishi hamda “Ipak yо‘lida turizm” ofisining ochilishi mamlakatimizning global turizm xaritasidagi nufuzini yuksaltirmoqda. Shuningdek, О‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2027-yilni “Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” deb e’lon qilish tо‘g‘risidagi rezolyusiyaning qabul qilinishi, milliy turizm sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda turizm eksportini yuqori marralarga yetkazishda strategik poydevor bо‘lib xizmat qiladi.

Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, О‘zbekistonda turizmni rivojlantirish milliy meros, madaniy tadbirlar va xalqaro e’tirof etilgan obidalarni sayyohlikning kuchli drayveriga aylantirishdadir. Bu borada mamlakatimiz YUNESKO maqomidagi noyob obyektlardan tortib, milliy folklor va festivallargacha bо‘lgan boy imkoniyatlaridan oqilona foydalanishi kerak. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Biz turistlar uchun sharoit yaratishni istaymiz, lekin buning asosini ham tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yishimiz kerak”[6:1]. Turizmni madaniy tadbirlar orqali rivojlantirish bо‘yicha amaliy takliflar sifatida quyidagilarni ilgari surgan bо‘lar edik:

Sayyohlik dasturlarini an’anaviy ekskursiyalar bilan cheklamay, ularga emotsional boylik baxsh etuvchi madaniy voqeliklarni integratsiya qilish zarur. Hududlarning noyob madaniy kodidan kelib chiqib, muntazam “Madaniy meros oqshomlari”ni yо‘lga qо‘yish turistlarning hududda qolish muddatini sezilarli darajada uzaytiradi. Turistik markazlarda professional ijodiy jamoalarning doimiy faoliyat yuritishini ta’minlash kerak. Mazkur ansambllar ham sahnalarda ham ochiq osmon ostidagi tarixiy majmualar va mehmonxonalar hududida chiqishlar qilib, sayyohlar uchun qulay va sifatli madaniy muhit yaratishga xizmat qiladi.

Madaniy tadbirlarni stixiyali emas, balki aniq muddatlarga asoslangan tizimli taqvim sifatida shakllantirish lozim. Bunday tadbirlarni xalqaro platformalarda maqsadli reklama qilish orqali sayyohlarni aynan festival davrida О‘zbekistonga kelishga rag‘batlantirish mumkin. Sayyohlarni tomoshabin qilibgina qо‘ymay, jarayonning ishtirokchisiga aylantirish kerak. Festivallar doirasida milliy hunarmandchilik masterklasslari va an’anaviy о‘yinlarni tashkil etish sayyohlarda tadbirga nisbatan shaxsiy daxldorlik hissini uyg‘otadi va ularning taassurotlarini ijobiy tomonga о‘zgartiradi. Mazkur takliflar turizm eksportini oshirib, milliy san’atimizning xalqaro nufuzini mustahkamlashga ham xizmat qilishi mumkin.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Tuxliyev, I. S., Hayitboyev, R., Ibodullayev, N. E., Amriddinova, R. S. Turizm

asoslari. – Samarqand: SamISI, 2010. 247 b.

2. Tolliboyev, S. Qadriyatlar qorishig‘idagi iqtisodiyot: sayohat zavqimi yoki

mas’uliyat? // gaz. Yangi О‘zbekiston № 129. – Toshkent: Sharq, 2025.

3. О‘zA. Samarqand viloyati tumanlarini alohida ixtisoslashuv asosida rivojlantirish

vazifalari belgilandi// gaz. Yangi О‘zbekiston № 117 (1716). – Toshkent: Sharq.

2026. 8 b.

4. Doniyorov S. Qoraqalpog‘iston: ulkan maqsadlar, yorqin natijalar // gaz. Yangi

О‘zbekiston № 117 (1716). – Toshkent: 2026. 8 b.

5. О‘zbekistonda turoperatorlar soni 3,1 mingtadan oshdi. Qarang:

6. https://yuz.uz/oz/news/137817

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.