ResearcherUz LogoResearcherUz

STOMATOLOGIYA YO’NALISHI TALABALARINI DUAL TAʼLIMDA OʼQITILISHI: NAZARIY ASOSLAR, XORIJIY TAJRIBA VA OʼBEKISTON ISTIQBOLLARI

Annotatsiya

Mazkur sharh maqolada stomatologiya yo‘nalishi talabalarini dual ta’lim tizimi asosida o‘qitishning nazariy-metodologik asoslari, xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda O‘zbekistonda ushbu tizimni joriy etish istiqbollari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda dual ta’lim modelining mohiyati, uning tibbiy ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar integratsiyasini ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya va boshqa davlatlarda stomatologik ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganilib, ularning samarali jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston oliy tibbiy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirishning tashkiliy, pedagogik va normativ-huquqiy imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada stomatologiya talabalarining klinik kompetensiyalarini rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish hamda mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashda dual ta’limning istiqbolli yo‘nalish ekanligi asoslab berilgan.


This review article provides a scientific analysis of the theoretical and methodological foundations of educating dental students within the framework of the dual education system, foreign experiences, and the prospects for implementing this system in Uzbekistan. The study highlights the essence of the dual education model, its role in improving the quality of medical education, and the importance of integrating theoretical knowledge with practical skills. Advanced experiences of Germany,South Korea, Türkiye, Russia, and other countries in integrating dental education with clinical practice were examined, and their effective aspects were analyzed. Furthermore, the organizational, pedagogical, and regulatory opportunities for developing dual education in the higher medical education system of Uzbekistan were considered. The article substantiates that dual education is a promising approach for developing clinical competencies among dental students, improving the quality of professional training, and preparing specialists who meet labor market demands.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar