MAKTABGACHA TAʼLIM MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHDA DUAL TAʼLIMNI TASHKIL ETISH MEXANIZMLARI.
Annotatsiya
maqolada maktabgacha taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarni dual taʼlim asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning nazariy va tashkiliy-pedagogik asoslari yoritilgan. Oliy taʼlim tashkiloti bilan maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlikni maqsadli, mazmuniy, jarayonli, mentorlik, baholash-monitoring va natijaviy-refleksiv bloklar birligi sifatida tashkil etish zarurati asoslangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoni, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-avgustdagi 301-son buyrugʻi hamda 60110200 - Maktabgacha taʼlim bakalavriat yoʻnalishining oʻquv hujjatlaridan kelib chiqib, “4+2” tartibidagi pedagogik amaliyotni maktabgacha taʼlim sohasi xususiyatlariga mos tashkil etish mexanizmi taklif etilgan. Mexanizm talabaning nazariy bilimlarini real pedagogik vaziyatlarda qoʻllashi, tajribali tarbiyachi-mentor bilan hamkorlikda kasbiy harakatlarni egallashi, refleksiv tahlil olib borishi va kasbiy kompetensiyalarining dinamikasini qoʻshma mezonlar asosida baholashga yoʻnaltirilgan.
maqolada maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni dual ta’lim asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning nazariy va tashkiliy-pedagogik asoslari yoritilgan. Oliy ta’lim tashkiloti bilan maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni maqsadli, mazmuniy, jarayonli, mentorlik, baholash-monitoring va natijaviy-refleksiv bloklar birligi sifatida tashkil etish zarurati asoslangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoni, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-avgustdagi 301-son buyrug‘i hamda 60110200 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishining o‘quv hujjatlaridan kelib chiqib, “4+2” tartibidagi pedagogik amaliyotni maktabgacha ta’lim sohasi xususiyatlariga mos tashkil etish mexanizmi taklif etilgan. Mexanizm talabaning nazariy bilimlarini real pedagogik vaziyatlarda qo‘llashi, tajribali tarbiyachi-mentor bilan hamkorlikda kasbiy harakatlarni egallashi, refleksiv tahlil olib borishi va kasbiy kompetensiyalarining dinamikasini qo‘shma mezonlar asosida baholashga yo‘naltirilgan.